Video

Putin bolaligida kim boʻlishni xohlaganini aytdi - video

Rossiya prezidenti Vladivostokdagi "Okean" Umumrossiya bolalar markazi maktabi oʻquvchilari bilan uchrashuvda ishtirokchilardan birining undan bolaligida nima haqida orzu qilganligi haqidagi savoliga javob berdi.
Putinning soʻzlariga koʻra, u bolaligida dengizchi yoki uchuvchi boʻlishini xohlagan. Bundan tashqari, u razvedka xizmati xodimi boʻlib, vataniga xizmat qilishni istagan. Uning bu boradagi orzusi keyinchalik amalga oshgan.
"Koʻp oʻgʻil bolalar singari, men ham birinchi boʻlib dengizchi, keyin uchuvchi, keyin razvedka xizmati xodimi boʻlishni xohlaganman va bu roʻy berdi. Baʼzida men hatto bu qanday sodir boʻlganiga hayron qolaman. Bu aslida qiyin. Men razvedka xodimi boʻlishni xohlayman deyishning oʻzi bilan bunga erishib boʻlmaydi. Lekin men bu natijaga erishdim", — degan Rossiya prezidenti uchrashuv ishtirokchilaridan birining savoliga javob berar ekan.
Putin asosiysi maktab ham, oilasi ham, atrofdagilari ham u oʻzini Vatan xizmatiga bagʻishlay olishiga yoʻnaltirganini taʼkidladi.
“Bugun men aynan shu bilan shugʻullanayapman. Va oʻylaymanki, bu maʼnoda orzu qilgan narsamga erishishga muassar boʻldim”, - deb qoʻshimcha qildi Rossiya rahbari.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader