Qozondagi Universiada qishlog‘ida O‘zbekiston bayrog‘i osildi

© Sputnik / Pavel LisisinFlag Uzbekistana
Flag Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi.
TOShKENT, 2 sen - Sputnik. I MDH mamlakatlari o‘yinlari oldidan Qozon shahridagi Universiada qishlog‘ida o‘zbekistonlik sportchilar joylashgan binoda O‘zbekiston bayrog‘i osildi.
© Ministerstvo sporta respubliki UzbekistanaSportivnaya delegatsiya Respubliki Uzbekistan pribila v Kazan
Sportivnaya delegatsiya Respubliki Uzbekistan pribila v Kazan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Sportivnaya delegatsiya Respubliki Uzbekistan pribila v Kazan
Shu bilan birga, bu yerda MDH mamlakatlari o‘yinlarining maxsus shtabi o‘z ishini boshladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunlarda O‘zbekiston sport delegatsiyasi Rossiyaning Qozon shahriga yetib bordi. 4-11 sentabr kunlari Qozon shahrida ilk marotaba birinchi Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi. Musobaqa sportning 16 turi bo‘yicha tashkil etiladi.
Prizeri letnix Olimpiyskix igr v Tokio poluchili pamatnie medali - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tokio-2020 g‘oliblari esdalik nishonlar bilan taqdirlanishdi
Unda mintaqaning 10 davlatidan 1 500 nafarga yaqin sportchi, 400 nafarga yaqin hakam va 100 nafarga yaqin boshqa sport sohasi mutaxassislari qatnashadi. Ta’bir joiz bo‘lsa aytish kerakki, “kichik olimpiada” bahslarida MDH mamlakatlari sportchilari 182 ta medallar jamlanmasi uchun bahslashadi.
Kecha O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolari Rossiyaga jo‘nab ketishdi. Delegatsiya tarkibidan Turizm va sport vazirligi va Milliy Olimpiya qo‘mitasi mas’ul xodimlari, sportning boks, erkin va yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoa a’zolari, umumiy hisobda 70 nafardan ortiq kishi o‘rin olgandi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasini kuzatish marosimida Turizm va sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov ham ishtirok etdi va u sportchilarga omad tiladi. Kuni kecha esa Qozonga yetib borgan O‘zbekiston vakillari mazkur sport o‘yinlari uchun barpo etilgan Olimpiya shaharchasiga joylashishdi.
O‘zbekiston sport delegatsiyasining ikkinchi qismi 3-sentabr kuni, yakuniy qismi esa 6-7 sentabr kunlari Rossiyaga jo‘nab ketadi.
Yangiliklar lentasi
0