Ronaldu milliy jamoalar tarkibida urilgan gollar soni bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi

© Sputnik / Grigoriy SisoyevFutbolist Krishtianu Ronaldu
Futbolist Krishtianu Ronaldu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Portugaliya terma jamoasi hujumchini eronlik futbolchi Ali Daining rekordini yangiladi.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Hujumchi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyati davomida futbol bo‘yicha Portugaliya terma jamoasi tarkibida o‘zining 110 va 111-golini urdi va jahon rekordini o‘rnatdi.
Futbolchi Faruda JCh-2022 saralashi doirasida Irlandiya jamoasiga qarshi kechgan o‘yinning 89-daqiqasida o‘zining 110-golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Portugaliya jamoasi o‘z maydonida Irlandiya ustidan 2:1 hisobida zafar quchdi. Krishtianu Ronaldu g‘alaba keltirgan har ikki golga mualliflik qildi.
Shu tariqa u eronlik futbolchi Ali Daiyning terma jamoalarda gol urish bo‘yicha rekordini (109 ta gol) yangiladi. Endi Ronaldu hisobidagi gollar 111 tani tashkil etmoqda.
Ronaldu Instagram sahifasida bu faoliyatidagi rekordlar orasida o‘zgachaligi va bu bilan faxrlanishini ma’lum qildi.
Yangiliklar lentasi
0