Rossiyada talabalar uchun yagona ilova ishga tushiriladi

Obuna bo‘lish
Gap talabalarning raqamli qayd daftarchalari haqida borapti.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Rossiyada 2022-yil boshida talabalar uchun yagona ilovani ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Rossiya raqamli rivojlanish, aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri Maksut Shadayev ma’lum qildi.
“O‘ylaymanki, yil boshida talabalar uchun ilova bo‘ladi, raqamli talabalar qayd daftarchasi”, - dedi Shadayev. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Ta’kidlanishicha, bu bilan qog‘ozli hujjatlar bir chetga suriladi.
Avvalroq vazirlik talabalar uchun ularga barcha kerakli xizmatlarni olish imkonini beruvchi ilovani ishlab chiqarishni taklif qilgandi.
Priyemnaya kampaniya  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2021
Shevsov: Rossotrudnichestvo barcha MDH mamlakatlari uchun kvotalarni ko‘paytiradi
Yangiliklar lentasi
0