Surxondaryoda bir guruh shaxslar sportchiga hujum qildi

Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarda joriy yil 28-may kuni bir guruh shaxslar sovuq qurollar bilan qurollangan holda sportchilardan biriga hujum qilgani bildirilgan.
TOShKENT, 2 sen – Sputnik.Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyatida bir guruh shaxslar sportchi ekani aytilgan yigitga hujum qilgani tasvirlangan videolavha tarqaldi.
Bosh prokuratura matbuot kotib Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, videoda ko‘rsatilgan holat yuzasidan joriy yil 29-may kuni Denov tumani IIB huzuridagi TB tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilgan.
Tergov davomida 7 nafar shaxs ayblanuvchi tariqasida jalb qilinib, barchasiga qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.
Bildirilishicha, tergov harakatlari 23-avgust kuni tamomlangan. Hozirda jinoyat ishi sudga yuborilish arafasida turibdi.
Yangiliklar lentasi
0