Tojikistonliklar Toshkent orqali Rossiyaga uchmoqda: sabablar

© SputnikGrajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu
Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Obuna bo‘lish
Tojikistonlik migrant nima uchun Toshkent orqali Rossiyaga uchishi sababini tushuntirdi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Tojik-o‘zbek chegarasidagi Kanibadam tumani Mastchoh va Patar tumani Fotexobod (Oybek) chegara punktlari yaqinida So‘g‘d viloyatida istiqomat qiluvchi aholi to‘planmoqda. Ko‘pchilikning qo‘lida - xorijga chiqish pasporti va Rossiyaga aviachiptalar. Lekin ular Toshkent aeroporti orqali Rossiya shaharlariga uchmoqchi.
© SputnikGrajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu
Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Grajdane RT pitayutsya viexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobi potom viletet v Moskvu
Jabbor-Rasulov tumanida yashovchi Kamoliddin Sputnik Tojikiston muxbiriga aytishicha, u o‘g‘li bilan Moskvaga ketmoqchi.
Tojikistonlik migrant nima uchun Toshkent orqali Rossiyaga uchishi sababini tushuntirdi.
"Toshkentdan Rossiyaga reyslar arzonroq. Xo‘janddan Moskvaga samolyot chiptasi narxi 5,5 ming somoniy, Toshkentdan atigi 4 ming somoniy. Ikki chiptada ikki mingdan ortiq somoniyni tejadik", - deydi Kamoliddin.
Suhbatdoshning so‘zlariga ko‘ra, So‘g‘d viloyatining boshqa shahar va tumanlari aholisi ham Rossiyaga ketish uchun O‘zbekiston aviakompaniyalaridan chiptalar sotib olmoqda.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
Tojikiston IIV: mamlakat afg‘on qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Xo‘jand aviakassalari vakilining so‘zlariga ko‘ra, aynan Xo‘jandga nisbatan Toshkentdan Rossiyaga chipta narxining pastligi ko‘pchilikni qo‘shni respublika reyslariga chiptalar sotib olishga undayapti.
“Sibirskie avialinii” aviakompaniyasining Sug‘d viloyatidagi vakili Sputnik Tojikistonga bergan intervyusida Tojikiston shaharlarida aviachiptalar narxi oshishi sabablarini aytdi. Bu omillardan biri - Dushanbe va Xo‘jand aeroportlarida ko‘rsatiladigan xizmatlarning narxi yuqori.
"Aeroport xizmatlari narxi qo‘shni davlatlarga qaraganda qimmatroq. Agar Xo‘jand va Dushanbe aeroportlarida bitta samolyotga xizmat ko‘rsatish narxi 12 dan 14 ming dollargacha bo‘lsa, Qirg‘izistonda - 8 ming dollar, O‘zbekiston - 9-10 ming dollarni tashkil qiladi”, - dedi aviakompaniya xodimi.
Shuningdek, Tojikiston aeroportlarida samolyot yoqilg‘isi narxi ham yuqori, bularning barchasi Rossiyaga aviachiptalar narxiga ta’sir qiladi.
Yangiliklar lentasi
0