Sport

Tokio-2020 gʻoliblari esdalik nishonlar bilan taqdirlanishdi

© Natsionalnыy olimpiyskiy komitet UzbekistanaPrizerы letnix Olimpiyskix igr v Tokio poluchili pamyatnыe medali
Prizerы letnix Olimpiyskix igr v Tokio poluchili pamyatnыe medali - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Besh nafar Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari va ularning murabbiylariga Mustaqillikning 30 yilligi esdalik nishonlari topshirildi.
TOSHKENT, 2 sen – Sputnik. Tokio-2020 Olimpiya oʻyinlari sovrindorlari “Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 30 yilligi” esdalik nishonlari bilan taqdirlanishdi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi xabar berdi.
Tadbir MOQda boʻlib oʻtdi. Unda Qoʻmita rahbariyati, sportchilar va ularning murabbiylari, sport faxriylari ham ishtirok etishdi. Sportchilardan tashqari ularning murabbiylari ham esdalik nishonlari bilan taqdirlanishgan.
Vstrecha Prezidenta Shavkata Mirziyoyeva so sportsmenami, uchastvovavshimi v Tokiyskoy Olimpiade, ix roditelyami i trenerami. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 13.08.2021
Oʻzbekiston Tokio Olimpiya oʻyinlarida
Prezident Olimpiada chempionlarini va ularning ota-onalarini tabrikladi
Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari 23 iyuldan 8 avgustga qadar boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston delegatsiyasi 3 ta oltin va 2 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida 206 mamlakat orasida 32-oʻrinni egalladi. Osiyo davlatlari orasida keyin beshinchi, MDH mamlakatlari orasida ikkinchi, turkiy davlatlar orasida va Markaziy Osiyo mintaqasida birinchi boʻldi.
Olimpiadada bokschi Bahodir Jalolov, ogʻir atletikachi Akbar Joʻrayev va txaekvondochi Ulugʻbek Rashitov chempion boʻlib, olin medalga sazovor boʻlishdi. Erkin kurashchi Bekzod Abdurahmonov va dzyudochi Davlat Bobonov “bronza”ga ega chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala