Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

“Tolibon” yangi hukumat yetakchisini maʼlum qildi

© AP Photo / Zabi KarimiBoyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvortse v Kabule, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Toliblar tomonidan tuzilgan Afgʻonistonning yangi hukumatiga harakatning yetakchisi Haybatullo Oxunzoda rahbarlik qilishi maʼlum qilindi.
TOSHKENT, 2 sen – Sputnik.“Tolibon”* tomonidan tuzilgan Afgʻonistonning yangi hukumatiga harakatning yetakchisi Haybatullo Oxunzoda rahbarlik qiladi. Bu haqda “Tolibon”ning madaniyat boʻyicha qoʻmita aʼzosi Anamulla Samanganiy maʼlum qildi, deb xabar bermoqda Tolo News telekanali.
“U (Oxunzoda – tahr.) hukumat rahbari boʻladi, bunga hech qanday shubha boʻlmasligi kerak”, - degan Samanganiy.
Kuni kecha RIA Novosti oʻz manbasiga tayangan holda “Tolibon”* yangi hukumat tuzilganini 3 sentyabr kuni eʼlon qilishni rejalashtirayotgani haqida xabar qilgandi.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Prezident kerakmas: Afgʻonistonni bir necha kishi boshqaradi
Afgʻoniston tashqi ishlar vaziri etib “Tolibon”* siyosiy ofisining rahbari Abdul Gʻani Barodar tayinlangan. Harakat rahbarining asoschisi Yoqub Oxund Mudofaa vaziri rahbari boʻlgan, radikal yetakchilaridan biri Jaloliddin Haqqoniyning oʻgʻli Xalif Haqqoniy ichki ishlar vaziri lavozimini egallagan.
Jangarilar avgust oyida Afgʻonistonning deyarli butun hududini egallab oldi. Panjsher ular nazorati ostida boʻlmagan yagona viloyat boʻlib qolmoqda. Afgʻoniston qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Masʼud agar inklyuziv hukumat tuzilib, fuqarolik huquqlari hurmat qilinishini taʼminlasa, toliblarga qarshi kurash yakunlanishini maʼlum qilgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala