ArMI g‘oliblari: O‘zbekiston harbiylari taqdirlandi - video

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston harbiylari Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida “Harbiy-tibbiy estafeta” va “Dala oshxonasi” tanlovlarida g‘alaba qozondi.
Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonida VII Xalqaro armiya o‘yinlari doirasida ikkita tanlov o‘z nihoyasiga yetdi. Yopilish marosimida g‘oliblar taqdirlandi.
"Harbiy-tibbiy estafeta" va "Dala oshxonasi" tanlovida o‘zbekistonlik harbiylar g‘alaba qozondi, ikkita rekord o‘rnatildi.
Yopilish marosimida O‘zbekiston mudofaa vazirining o‘rinbosari Hamdam Karshiyev va RF resurs ta’minoti departamenti rahbari Valeriy Muminjanov ishtirok etdi.
G‘olib va ​​sovrindorlarga medallar, kubklar va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi. Bundan tashqari, ikki jamoa g‘oliblariga Laccetti avtomobili sovg‘a qilindi.
Yangiliklar lentasi
0