Rossiya

Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qoʻyilmaydi: sabablar

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske.
Passajirы v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
RF Qurilish vazirligida mehnat migrantlari Rossiyaga boradigan charterga qanday ruxsat olishlari mumkinligi haqida gapirib berishdi
TOSHKENT, 3 sent — Sputnik. Rossiyaga pul ishlash uchun charterlarda oʻz manzillariga yoʻl olishni xohlaydigan quruvchi-migrantlar qatʼiy kasbiy koʻrikdan oʻtkaziladi.
Bu haqda RIA Nedvijimost bilan suhbatda Sharqiy iqtisodiy forumda RF Qurilish vazirining oʻrinbosari Nikita Stasishin maʼlum qildi.
"Biz sal avval kerakligi eʼlon qilingan oʻn ming nafar mehnat migrantlariga juda qatʼiy kasbiy tanlov oʻtkazamiz. "Hamma ish qoʻlimdan keladi, hammasini bilaman" tamoyili bu yerda oʻtmaydi", - deya taʼkidladi u.
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Migratsiya
Oʻzbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda
Stasishinning soʻzlariga koʻra, chet el fuqarolarini charter reyslar orqali Rossiyaga olib kirish kelasi haftada boshlanadi. Rossiya temir yoʻllari poyezdlarining yoʻlovchilari oʻzbekistonlik migrantlar boʻlishi kutilmoqda.
Koʻrikdan oʻtgan nomzodlar shifokor koʻrigidan oʻtishi va "Sputnik Layt" vaktsinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishi sharti qoʻyiladi.
Shuningdek, Oʻzbekiston hududida PTSR-test olish va patent berish ishlari ham tashkillashtiriladi. Zarur muolajalar uchun kerak boʻlgan barcha harajatlar buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.
Vazir oʻrinbosarining soʻzlariga koʻra, hozircha bir kishiga ketadigan harajatlarning aniq summasi aniqlashtirilmagan, ular bozor narxlaridan oshib ketmasligi aniq, xolos.
Rossiyada qurilishda ishlaydigan mehnat migrantlarini Qozogʻiston hududi orqali poyezdlar va samolyotlarda olib kirish moʻljallanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala