Hamma mehnat migrantlari ham Rossiyaga boradigan charterlarga qo‘yilmaydi: sabablar

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishPassajiri v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske.
Passajiri v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
RF Qurilish vazirligida mehnat migrantlari Rossiyaga boradigan charterga qanday ruxsat olishlari mumkinligi haqida gapirib berishdi
TOShKENT, 3 sent — Sputnik. Rossiyaga pul ishlash uchun charterlarda o‘z manzillariga yo‘l olishni xohlaydigan quruvchi-migrantlar qat’iy kasbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.
Bu haqda RIA Nedvijimost bilan suhbatda Sharqiy iqtisodiy forumda RF Qurilish vazirining o‘rinbosari Nikita Stasishin ma’lum qildi.
"Biz sal avval kerakligi e’lon qilingan o‘n ming nafar mehnat migrantlariga juda qat’iy kasbiy tanlov o‘tkazamiz. "Hamma ish qo‘limdan keladi, hammasini bilaman" tamoyili bu yerda o‘tmaydi", - deya ta’kidladi u.
Poyezd iz Uzbekistana na jeleznodorojnom vokzale v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
O‘zbekistonlik migrantlar uchun Rossiyaga charter poyezdlar yo‘lga qo‘yilishi kutilmoqda
Stasishinning so‘zlariga ko‘ra, chet el fuqarolarini charter reyslar orqali Rossiyaga olib kirish kelasi haftada boshlanadi. Rossiya temir yo‘llari poyezdlarining yo‘lovchilari o‘zbekistonlik migrantlar bo‘lishi kutilmoqda.
Ko‘rikdan o‘tgan nomzodlar shifokor ko‘rigidan o‘tishi va "Sputnik Layt" vaksinasi bilan koronavirusga qarshi emlanishi sharti qo‘yiladi.
Shuningdek, O‘zbekiston hududida PSR-test olish va patent berish ishlari ham tashkillashtiriladi. Zarur muolajalar uchun kerak bo‘lgan barcha harajatlar buyurtmachilar tomonidan qoplanadi.
Vazir o‘rinbosarining so‘zlariga ko‘ra, hozircha bir kishiga ketadigan harajatlarning aniq summasi aniqlashtirilmagan, ular bozor narxlaridan oshib ketmasligi aniq, xolos.
Rossiyada qurilishda ishlaydigan mehnat migrantlarini Qozog‘iston hududi orqali poyezdlar va samolyotlarda olib kirish mo‘ljallanmoqda.
Yangiliklar lentasi
0