"Mandat": imtihon yakuniy natijalari bugun e’lon qilinadi - DTM

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishDevushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov
Devushka raduyetsya svoyey familii v spiskax zachislennix abituriyentov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Kirish imtihonlarning natijalari qachon e’lon qilinishi ma’lum bo‘ldi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Davlat test markazining ma’lum qilishicha, 2021/2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari 3-sentabr kuni 15:00 da e’lon qilinadi.
Natijalar quyidagi jadvalga muvofiq e’lon qilinadi:
15:00 dan – Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Navoiy, Buxoro, Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari;
16:00 dan – Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlari;
17:00 dan – Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri.
Yangiliklar lentasi
0