Siyosat

Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki bilan hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha takliflar bildirdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaMirziyoyev provel vstrechu s glavoy IBR
Mirziyoyev provel vstrechu s glavoy IBR - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 sentyabr Toshkent shahrida boshlangan Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilar (ITB) kengashining 46-yillik yigʻilishida mehmonlarni qutlab, Oʻzbekistonning mazkur bank bilan hamkorligi, istiqboldagi muhim masalalar haqida nutq soʻzladi.
Tadbir avvalida Qurʼoni karim oyatlaridan tilovat qilindi.
"Bankning yillik anjumani Toshkentda oʻtkazilishi oʻziga xos ramziy maʼnoga ega. Biz buni Oʻzbekistonning islom dunyosi rivojiga qoʻshgan hissasi, shuningdek, mamlakatda soʻnggi besh yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning eʼtirofi, deb hisoblaymiz", – dedi davlat rahbari.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Siyosat
Mirziyoyev ITB boshqaruvchilar kengashi yigʻilishida Qurʼondan iqtibos keltirdi
Maʼlumki, bugun dunyo mamlakatlari iqlim oʻzgarishi, yirik migratsion jarayonlar, tabiiy resurslar va oziq-ovqat yetishmovchiligi kabi sinovlarga duch kelmoqda. Shundan kelib chiqib, prezident bank faoliyatini takomillashtirish boʻyicha qator takliflarni bildirdi.
“Gʻarbiy Afrikadan Sharqiy Osiyogacha yashil yoʻlak” nomli savdo-iqtisodiy makonni shakllantirish tashabbusi ilgari surildi. Uning amalga oshirilishi oʻzaro savdo va sarmoyaviy aloqalar kengayishga, mamlakatlarning iqtisodiy jihatdan birlashishi va barqaror oʻsishiga xizmat qiladi.
Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi hamda Investitsiyalar va eksport kreditlarini sugʻurtalash islom korporatsiyasi tomonidan moliyaviy instrumentlarni kengaytirish lozimligi qayd etildi. Bu erkin savdoni ragʻbatlantirish, investitsiyaviy xatarlarni sugʻurtalash, transport va logistika infratuzilmalarini rivojlantirishga hissa qoʻshadi.
Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Siyosat
Shavkat Mirziyoyev Islom taraqqiyot banki prezidentini qabul qildi - tafsilotlar
Koviddan keyingi davrda aʼzo mamlakatlar iqtisodiyotlari rivojlanishiga innovatsion tus berish muhimligi taʼkidlandi. Jumladan, Islom taraqqiyot bankining fan, texnologiya va innovatsiyalar jamgʻarmasi imkoniyatlaridan toʻliq foydalanish, qishloq xoʻjaligiga ilgʻor ishlanmalarni joriy qilish orqali oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlash, qayta tiklanadigan energiya va ekologik texnologiyalarni keng qoʻllash ayniqsa dolzarbdir.
Shuningdek, mintaqaviy ahamiyatga ega investitsion va infratuzilma loyihalarini moliyalashtirishni kengaytirish zarurligi qayd etildi.
"Bugungi xalqaro anjuman bank doirasidagi sherikligimizni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi va aʼzo mamlakatlar xalqlarining umumiy farovonligiga katta hissa qoʻshadi", – deya ishonch bildirdi Shavkat Mirziyoyev.
Tadbirda Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir ham nutq soʻzladi.
Anjuman 4 sentyabrgacha davom etadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala