Dunyoda

Oʻzbekiston Tojikiston laboratoriyalari bergan PTSR-test maʼlumotnomalarini tan olmayaptimi?

© SputnikGrajdane RT pыtayutsya vыexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobы potom vыletet v Moskvu
Grajdane RT pыtayutsya vыexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobы potom vыletet v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Tojik-oʻzbek chegarasidan oʻtmoqchi boʻlgan va avval COVID-19ga test topshirgan fuqarolar takroriy testdan oʻtishga majbur boʻlmoqda - OAV.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Tojikiston laboratoriyalari tomonidan berilgan PTSR-test natijalari qayd etilgan tibbiy maʼlumotnomalari Oʻzbekiston chegara oʻtish joylarida tan olinmayapti, deb yozmoqda Sputnik Tojikiston.
Bu muammo bir oy davomida kuzatilmoqda.
Tojik-oʻzbek chegarasidan oʻtmoqchi boʻlgan va avval COVID-19ga test topshirgan fuqarolar takroran testdan oʻtishga majbur boʻlmoqda. Test narxi 120 ming soʻm.
Grajdane RT pыtayutsya vыexat cherez KPP Fatexabad (Oybek) v Mastchinskom rayone v storonu Tashkenta, chtobы potom vыletet v Moskvu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Jamiyat
Tojikistonliklar Toshkent orqali Rossiyaga uchmoqda: sabablar
Tojikistonlik Gʻafur Jamolov Sputnik Tojikistonga aytishicha, Toshkentdan Moskvaga uchish uchun Soʻgʻd viloyati sanitariya-epidemiologiya boshqarmasi tibbiy laboratoriyasida 120 somoniy toʻlab, kasallik yoʻqligi haqida maʼlumotnoma olgan.
Biroq Oʻzbekistondagi Oybek nazorat-oʻtish punktida bu maʼlumotnoma tan olinmadi va u takroran tahlil topshirishga majbur boʻldi.
"Takroran testdan oʻtish uchun 120 ming soʻmni toʻlashga toʻgʻri keldi, busiz chegaradan oʻtib boʻlmadi", - deydi Jamolov.
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Dunyoda
Tojikiston IIV: mamlakat afgʻon qochoqlarini qabul qilishga tayyor emas
Toshkent aeroporti orqali Rossiyaga borishni rejalashtirgan tojikistonliklar Oʻzbekiston nazorat-oʻtish punktida koronavirusga testdan oʻtishi kerak.
Soʻgʻd viloyati sanitariya-epidemiologiya departamenti direktori Taxmina Usmonovaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston tomoni avval tibbiy hujjatlarni tan olgandi, biroq bir oydan beri takroran tibbiy koʻrikdan oʻtishni talab qilinmoqda.
"Nima uchun ular fuqarolarga berilgan testlarni tan olmayapti va yoʻlovchilarni takroran test topshirishga majbur qilayotgani bizga hozircha nomaʼlum. Chegaradagi bu muammodan xabardormiz va bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligiga xabar berganmiz", - deydi Usmonova.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala