Siyosat

Putin Afgʻonistondagi vaziyatni gumanitar falokat deb baholadi

© Sputnik / Sputnik / Fotobankka oʻtishLIVE_SPUTNIK: Pryamaya liniya s Vladimirom Putinыm
LIVE_SPUTNIK: Pryamaya liniya s Vladimirom Putinыm - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Putin respublikada roʻy berayotgan vaziyatni falokat, deb atadi. Bu haqda amerika analitiklarining oʻzlari aytishmoqda, deb taʼkidladi RF prezidenti.
TOSHKENT, 3 sen - Sputnik. RF prezidenti Vladimir Putin Afgʻonistondagi holat gumanitar falokat deya bayonot qildi.
Toliblar Afgʻonistonning qariyb barcha hududini bosib oldi. Qobuldan shimoli-sharqda boʻlgan Panjer ularga qarshilik koʻrsatayotgan yagona mintaqa boʻlib qolmoqda.
Putin respublikada roʻy berayotgan vaziyatni falokat, deb atadi. Bu haqda amerika analitiklarining oʻzlari aytishmoqda, deb taʼkidladi RF prezidenti.
Bejentsы iz Afganistana v aeroportu Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Afgʻonistonning yangi hukumatida ayol-vazirlar boʻlmaydi – Tolibon*
Rossiya prezidenti AQShning Afgʻonistondagi harbiy kampaniyasidan erishilgan natijani nolga teng, deb hisoblaydi. Uning soʻzlariga koʻra, Qoʻshma Shtatlar bu maqsadlar uchun kamida bir yarim trillion dollar sarflagan.
"Agar biz bugun Afgʻonistonda qoldirib ketilgan odamlarni, yaʼni kollektiv Gʻarb, AQSH va uning ittifoqdoshlariga ishlagan va qoldirib ketilgan odamlarga qaraydigan boʻlsak, bu gumanitar falokatdan boshqasimas", - deb bayonot qildi Putin Sharqiy iqtisodiy forumdagi chiqishida. Uning soʻzlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Rossiya yetakchisi boshqa xalqlarni "madaniylashtirishga" boʻlgan urinishni "xato siyosat" deya baholadi.
Amerika qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilishi 1 may kuni boshlanib, 30 avgust kuni yakunlandi. Ushbu fonda respublikada toliblar va hukumat kuchlari oʻrtasida mojaro avj olib ketdi. Respublika prezidenti Ashraf Gʻani BAAga qochdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala