Qashqadaryoda 3 egizakka prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi

CC0 / pixabay / Novorojdenniy rebenok
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Yakkabog‘lik oilaning 3 nafar egizak chaqaloqlariga prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Yakkabog‘lik oilaning 3 nafar egizak chaqaloqlariga prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi.
Yakkabog‘ tumani G‘ozliq mahallasi Qo‘tontepa qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Muslimbek Xazratov va Navbahor Dushayeva oilasida 3 nafar egizak qizaloqlar dunyoga keldi.
Bu haqda “Nasafnews”ga qizaloqlarning bobosi Shodiyor Safarov ma’lum qildi.
Rebenok v roddome - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.01.2021
O‘zbekistonda 1-yanvar kuni qancha chaqaloq tug‘ildi
Shodiyor Safarovning aytishicha, egizaklar 31-avgust kuni Toshkent shahridagi perinatal markazda tug‘ilgan.
Ularga prezident Shavkat Mirziyoyevning oila a’zolari – rafiqasi Ziroatxon, qizlari Shahnozaxon va Saidaxonning ismi qo‘yildi.
Muxbir bilan suhbatlashgan Shodiyor Safarovning aytishicha, bu borada prezidentga xat yozib, ulardan rozilik ham olingan.
Yangiliklar lentasi
0