Hodisalar

Toshkentda fuqaro boshi bilan IIB xodimiga zarba berdi. Jinoyat ishi ochildi

© Sputnik / Yevgeniy OdinokovNaruchniki
Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 03.09.2021
Toshkent shahri Yangihayot tumanida fuqaro ichki ishlar xodimiga boshi bilan zarba berdi.
TOSHKENT, 3 sen — Sputnik. Internet tarmogʻida fuqarolar va ichki ishlar organlari xodimlari ishtirokidagi holat videosi tarqaldi. Ushbu holat yuzasidan Toshkent IIBB matbuot xizmati xabar qildi.
28 avgust kuni Yangihayot tumani IIO FMB patrul-post xizmati xodimlari safdor Hikmatilla I. va Farxodjon X.lar Yangihayot tumani Sputnik 15 massividagi 12-son avtobus parki yaqinida tungi vaqtdagi piyoda patrullash davomida hatti-harakatlari bilan shubha uygʻotgan ikki nafar fuqaro – 27 yoshli Tursunboy N. va 30 yoshli Ulugʻbek G.larni koʻrib qolishdi. Xodimlar fuqarolarning yoniga kelib, oʻzlarini tanishtirgach, jamoat joyida niqobsiz yurish maʼmuriy huquqbuzarlik hisoblanishi haqida ogohlantirishdi. Soʻng fuqarolarning shaxslarini aniqlash maqsadida ular tuman IIO FMB ichki ishlar boʻlimiga taklif qilindilar.
Kulak - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.06.2021
Hodisalar
Samarqandda oʻgʻirlik qilayotgan erkak IIB xodimiga qarshilik koʻrsatib, unga jarohat yetkazdi
Ammo yigitlar bu iltimosga javoban qoʻpol tarzda qarshilik koʻrsatib, xodimlarning qonuniy talablariga boʻysinmadilar. Tursunboy boshi bilan safdor Hikmatilla I.ning burun qismiga zarba berib, unga badan shikasti yetkazdi. Tursunboy va Ulugʻbekning voqea joyiga yetib kelgan patrul-post xizmati xodimlari tomonidan qoʻlga olinish jarayoni videoga tushib qolgan. Huquqbuzarlar IIBga, jabrlanuvchi esa – tibbiyot muassasiga yetkazildi.
Mazkur fakt boʻyicha toʻplangan hujjatlar Yangihayot tumani prokuraturasiga yoʻnaltirildi.
Yangihayot tumani prokuraturasi tomonidan Tursunboy N.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 219-moddasi 2-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik koʻrsatish”) boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Tergov davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader