"U men uchun shunchaki Bobo edi": Maryam Tillayeva Islom Karimovni xotirladi

© Foto iz lichnogo arxiva Tatyani KarimovoyIslam Karimov na otdixe vmeste so svoyey semyey
Islam Karimov na otdixe vmeste so svoyey semyey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Obuna bo‘lish
Maryam Tillayeva Karimovning kenja qizi - Lola Karimova-Tillayevaning farzandi. Taniqli bloger Amiran Sardarovning rafiqasi.
TOShKENT, 3 sen - Sputnik. O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning nabirasi Maryam Tillayeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida bobosi haqidagi xotiralari bilan o‘rtoqlashdi.
Maryam Tillayeva Karimovning kenja qizi - Lola Karimova-Tillayevaning farzandi. Taniqli bloger Amiran Sardarovning rafiqasi.
"Bugun men uchun juda muhim sana. Buvam o‘tganlariga besh yil to‘ldi. O‘sha fojiali kun, u xuddi kecha ro‘y berganidek, hamon yodimda va xuddi avvalgidek bularning barchasi haqiqatda ro‘y berganiga ishonishni istamayman. Islom Karimov men uchun kaminani suzishga, mashina haydashga, tennis o‘ynashga, chana va rolikda uchishga o‘rgatgan oddiy Bobo edi. Bobo men uchun juda katta qadrga ega edi, men, bolakay uchun u hamma narsada yordam beradigan super qahramon edi misli. Biz hatto birgalikda uyning unchalik katta bo‘lmagan tomiga chiqar edik, qurigan ariq bo‘yicha toshlar ustida sayr qilardik. Bolalarga xos bo‘lgan barcha qitmirliklarimga qaramay, u meni katta odamdek qabul qilar, va men o‘zimni ayrocha sezardim. Ba’zan samoga qarab ich-ichimda: "Bobo, menga juda keraksiz. Sizni yaxshi ko‘raman, biz birgalikda o‘tkazgan damlarni qattiq sog‘inib yashayman", - deyman, deb yozadi Maryam Tillayeva.
Marya Tillayeva shuningdek, bobosi bilan birgalikda tushgan arxiv suratlar bilan o‘rtoqlashgan.
Yangiliklar lentasi
0