O‘zbekistonda 700dan ziyod kovid va pnevmoniya holatlari aniqlandi, 11 kishi vafot etdi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Mediabankka o‘tishGospital dlya lecheniya bolnix Covid-19
Gospital dlya lecheniya bolnix Covid-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2021
Obuna bo‘lish
Sutka davomida 648 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 209 nafarni tashkil qilmoqda.
TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 648 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 159 209 nafarni tashkil qilmoqda.
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
SSV O‘rta Chirchiq tumanida yashovchi onaxonning murojaatini nazoratga oldi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (65), Andijon viloyatida (21), Buxoro viloyatida (12), Jizzax viloyatida (18), Qashqadaryo viloyatida (11), Navoiy viloyatida (10), Namangan viloyatida (18), Samarqand viloyatida (49), Sirdaryo viloyatida (15), Surxondaryo viloyatida (14), Farg‘ona viloyatida (52), Xorazm viloyatida (14), Toshkent viloyatida (106), Toshkent shahrida (243) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 151 067 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 95 foizga yetdi.

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 7 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 1106 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.
Novorojdenniy rebenok - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2021
Qashqadaryoda 3 egizakka prezident oila a’zolarining ismi qo‘yildi

Pnevmoniya holatlari

71 nafar kishida pnevmoniya aniqlandi. Jami bemorlar soni 24 339 nafarga yetdi.
Kecha ularning 223 nafari sog‘ayib, umumiy sog‘ayganlar soni 17 269 nafarni tashkil qilmoqda. 4 nafar bemor vafot etib, shu kungacha pnevmoniyadan vafot etganlar soni 184 nafarga yetdi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 219,0 milliondan oshdi, 4,5 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (39,8 mln), Hindistonda (32,9 mln), Braziliyada (20,8 mln).
Yangiliklar lentasi
0