Voyennoslujaщiy voorujennыx sil Uzbekistana vo vremya proxojdeniya etapa Tropa razvedchika v konkurse Otlichniki voyskovoy razvedki v ramkax Armeyskix mejdunarodnыx igr ArMI-2020  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 14.08.2021
"ArMI-2021" - Oʻzbekiston ishtiroki
"ArMI-2021" - VII Xalqaro armiya oʻyinlari 22 avgust - 4 sentyabrda boʻlib oʻtadi. Rossiya Mudofaa vazirligi ushbu oʻyinlarga 96 davlat harbiylarini taklif etgan.

ArMI-2021: Oʻzbekiston oʻyinlarni tarixiy natija bilan yakunladi

© Sputnik / Aleksey Mayshev / Fotobankka oʻtishMejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum "Armiya-2021"
Mejdunarodnыy voyenno-texnicheskiy forum Armiya-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Mazkur musobaqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan boʻlib, shundan 10 tasi Oʻzbekiston hisobiga yozildi.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Yilning eng nufuzli xalqaro harbiy musobaqalaridan biri boʻlmish VII Xalqaro armiya oʻyinlari oʻz nihoyasiga yetdi. Unda Oʻzbekiston Mudofaa vazirligi jamoasi ham munosib ishtirok etib, tarixiy natijalarni qayd etdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Kecha, 4 sentyabr kuni, Rossiyaning Moskva viloyatida joylashgan “Patriot” bogʻida musobaqaning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda ishtirokchi davlatlar jamoa aʼzolari, harbiy delegatsiya vakillari va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Joriy yilning 22 avgust kunidan 4 sentyabriga qadar dunyoning 11 ta davlati hududida oʻtkazilgan musobaqalarda 42 ta davlatning jami 277 ta jamoasi qatnashdi. 5000 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar oʻzaro kuch sinashdi.
Oʻzbekiston jamoalari ham ushbu nufuzli musobaqalarning 24 yoʻnalishi boʻyicha munosib ishtirok etdi.
Taʼkidlash joizki, mazkur bellashuvlar davomida oʻzbekistonliklar 4 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medallarini qoʻlga kiritdi. Umumjamoa hisobida Rossiyadan keyin faxrli 2-oʻrinni egalladi.
Xususan:
“Sodiq doʻst” erkaklar jamoasi – 1 ta oltin;
“Sodiq doʻst” ayollar jamoasi – 1 ta oltin;
“Harbiy-tibbiy estafeta” jamoasi – 1 ta oltin;
“Dala oshxonasi” jamoasi – 1 ta oltin medallarni qoʻlga kiritdi.
Kumush medali:
“Elbrus halqasi”;
“Merganlik marrasi”;
“Otliq marafon”;
“Qurolsoz usta”;
“Xavfsiz muhit”;
“Muhandislik formulasi”;
“Xavfsiz marshrut”;
“Qutb yulduzi”;
“Qoʻshinlar razvedka aʼlochisi”.
Bronza medali:
“Avtozirhli tank-texnika ustasi”;
“Ishonchli qabul”;
“Yoʻl patruli”;
“Sayan yurishi”.

Rekordlar

Aytish kerakki, mazkur musoboqalar davomida jamoalar tomonidan jami 37 ta rekord natija qayd etilgan boʻlib, shundan 10 tasi Oʻzbekiston hisobiga yozildi.
Xususan, “Harbiy-tibbiy estafeta” musobaqasida oʻzbek harbiylari 3 ta rekord natijalarini yangiladi.
Jumladan, kichik serjantlar Sanjar Toʻqliyev, Abdumuxtor Abdugʻaniyev va Azimjon Ibragimovlar “Togʻ toʻsiqlar yoʻlagi” shartini 12 daqiqa 58 soniyada bajarib, rekord natija koʻrsatgan boʻlsa, “Muzli hududdan oʻtish” shartini ado etishda ham jamoa peshqadamlik qildi. Oʻzbekistonliklar mazkur vazifani 11 daqiqayu 37 soniyada uddalab, rekordlar seriyasini davom ettirdi.
“Sodiq doʻst” jamoasida serjant Ulugʻbek Nurillayev “300 metrlik toʻsiqlarni xizmat itlari bilan oʻtish” shartida 1 daqiqa 13 soniya bilan bosib oʻtib, tengsiz ekanini amalda namoyon etdi hamda rekord oʻrnatdi.
“Merganlar marrasi” musoboqasining “Yakka sinov” bellashuvida kichik serjant Fazliddin Kirgizov “Moʻljalga olish nuqtasini oʻzgartirib otish” mashqini 15 daqiqayu 6 soniyaga bajarib, yangi rekord natija koʻrsatdi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader