Dunyoda

Gvineyada davlat toʻntarishini uyushtirishga urinishdi – OAV

© AFP / ISSOUF SANOGOArmiya Gvinei
Armiya Gvinei - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Gveniya poytaxti Konakri shahrida bir guruh harbiylar davlat toʻntarishini uyushtirishga uringani aytilmoqda.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Yakshanba, 5 avgust kuni, Gvineyada davlat toʻntarishini uyushtirishga urinishdi. Bu haqda “Jeune Afrique” jurnali xabar bermoqda.
Uning maʼlumotlariga koʻra, davlat toʻntarishini uyushtirishga urinish ortida maxsus boʻlinma kuchlar guruhi qoʻmondoni Mamadi Dumbuya turibdi. U hozir mamlakat poytaxti Konakridagi prezident saroyi oldida turgan maxsus boʻlinmalarning bir qismiga tayanmoqda. Nashr suhbatdoshi yuzaga kelgan vaziyatni “jiddiy” deb atagan.
Oʻz navbatida “Reuters” agentligi harbiylar qoʻllarida qurol bilan Gvineya poytaxti Konakri shahridagi prezident saroyi oldida turganini xabar qilmoqda. Uning maʼlumotlariga koʻra, Konakri shimolidan prezident saroyi joylangan shaharning janubi boʻylab olib boruvchi yagona trassa askarlar bilan berkitilgan.
Yuqori lavozimli amaldor agenlikka Gvineya prezidenti Alfa Konde sogʻ-salomat ekanini bildirgan, biroq hodisa tafsilotlarini ochiqlamagan.
RIA Novosti manbasi Gvineya prezidentiga sodiq kuchlar Konakridagi isyonda qatnashgan 25 harbiyni qoʻlga olganini maʼlum qilgan.
Agence France-Presse agentligi Konakrida otishma yuz berayotganini xabar qilgandi. Koʻchalarni koʻpoab harbiylar bosgan. Askarlar yoʻlovchilardan zudlik bilan uylariga qaytishlari va oʻz uylarini tark etmasliklarini talab qilishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala