Jamiyat

Koronavirus buyraklarga jiddiy xavf tugʻdirishi aytildi

© Sputnik / Ilya Pitalev / Fotobankka oʻtishVrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii
Vrach i patsiyent v otdelenii reanimatsii i intensivnoy terapii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Tadqiqot ishtirokchilardan kovidga chalingan 4757 odamning buyrak funktsiyasi 30 foizga zararlangan.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Olimlar koronavirus bilan kasallangan odamlarda buyrakning surunkali yalligʻlanishi boʻlishi mumkinligini maʼlum qilishdi. Bu haqda “New York Times” nashri bir guruh amerikalik olimlarning tadqiqot natijalariga tayangan holda xabar bermoqda.
Taʼkidlanishicha mutaxassislarning bu boʻyicha oʻtkazgan tadqiqotida koronavirusdan tuzalgan 89 ming hamda virusga chalinmagan 1,6 million kishi ishtirok etgan. Natijalar shuni koʻrsatadiki, 30-40 yoshli sogʻlom odamlarda buyrak funktsiyasining yoʻqolishi yiliga taxminan 1 foizni tashkil etadi. Bundan koʻrinib turibdiki, xavfli infektsiyalar bu organni jiddiy va hatto doimiy shikastlanishiga yoki surunkali kasallikka olib kelishi mumkin.
Maket koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.08.2021
Dunyoda
Koronavirusning delta-shtammiga qarshi yangi vaktsinalar talab etilishi mumkin - olimlar
Tadqiqot mualliflaridan doktor Ziyod Al-Alining soʻzlariga koʻra bir yil davomida koronavirusga chalingan 4757 odamning buyrak funktsiyasi 30 foizga zararlangan. “Bu organning 30 yilga qarishiga teng”, - deydi u.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, kasallik nega aynan buyraklarga zarar yetkazishi haqida aniq xulosalar yoʻq. Faqat shuni taxmin qilish mumkinki, bu organ organizmdagi turli yalligʻlanish jarayonlariga yoki immunitet tizimining faollashuviga sezgir boʻlishi mumkin. shuningdek buyrak funktsiyasining buzulishi qonda tromp muammolarini keltirib chiqarishi taʼkidlangan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala