O‘zbekistonda IT sohasi bo‘yicha 100 mingga yaqin mutaxassis tayyorlanadi

© Anna Jelixovskaya / SputnikYarmarka vakansiy JobFest 2021 dlya studentov vsex vuzov po napravleniyu IT v Universitete Inxa v Tashkente
Yarmarka vakansiy JobFest 2021 dlya studentov vsex vuzov po napravleniyu IT v Universitete Inxa v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.09.2021
Obuna bo‘lish
Mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi” tashkil etiladi.
TOShKENT, 5 sen — Sputnik. “Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni rag‘batlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida yosh mutaxassislarni maqsadli o‘qitishni qo‘llab-quvvatlash va ularni keyinchalik ishga joylashtirish mexanizmi joriy etiladi.
Qaror bilan quyidagilar tashkil etildi:
AT “Aloqabank” huzurida mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida Venchur jamg‘armasi;
mas’uliyati cheklangan jamiyat shaklida “IT-bilimlarni rivojlantirish markazi”.
Axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida keyingi 5-yil ichida 100 minggacha yosh mutaxassislarni tayyorlash, shuningdek, ularni keyinchalik ishga joylashtirishda ko‘maklashish Markazning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Shunga ko‘ra, har yili 5-yil ichida mutaxassislarning sohada maqsadli tayyorlanishini va ularning startap-loyihalarini moliyalashtirishni tashkil etish uchun Markazga 50 mlrd so‘m miqdorida amaldagi qayta moliyalashtirish stavkasining yarmidan oshmagan holda qarz ajratiladi va u keyingi 5-yil ichida bosqichma-bosqich qaytariladi.
Vazirlik va tashkilotlar ehtiyojidan kelib chiqib, Markaz tomonidan tanlangan ta’lim tashkilotlari o‘rtasida har yili belgilangan maqsadli parametrlar doirasida buyurtma shakllantiriladi.
“Oy stansiyasi” VR-loyihasi taqdimotida Yer sun’iy yo‘ldoshi yuzaga virtual chiqishni amalga oshirmoqda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.12.2020
IT-texnologiyalar ta’limni qanday o‘zgartirmoqda – foto
Ta’lim tashkilotlarida maqsadli o‘qish uchun 16 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi nomzod bo‘ladi.
Nomzodlar Markaz tomonidan ta’lim tashkilotlari bilan birgalikda tanlov asosida tanlanadi.
Tanlab olingan nomzodlar (stipendiatlar) Markaz bilan ularning istiqboldagi daromadlarini ulush tarzida taqsimlash to‘g‘risidagi shartnomani (Income Share Agreement) tuzadi, unga ko‘ra axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasida ularning o‘qishini to‘lashga maqsadli qarz taqdim etiladi.
Stipendiatlar o‘qishni tugatgandan so‘ng maqsadli qarz va ushbu qarz bo‘yicha foizlarni qaytarishga majbur.
Yangiliklar lentasi
0