Tseremoniya zajjeniya Paralimpiyskogo ognya v Tokio - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Oʻzbekiston Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlarida
Tokio-2020 XVI yozgi Paralimpiya oʻyinlari 2021 yilning 24 avgustidan 5 sentyabrigacha boʻlib oʻtadi. Oʻzbekiston sportning 8 turida 55 ta yoʻllanmani qoʻlga kiritgan.

Paralimpiada-2020: Oʻzbekiston umumjamoa hisobida 16-oʻrinni egalladi

© REUTERS / ATHIT PERAWONGMETHABobirjon Omonov of Uzbekistan reacts after winning gold and setting a new Paralympic record with the flag of Uzbekistan REUTERS/Athit Perawongmetha
Bobirjon Omonov of Uzbekistan reacts after winning gold and setting a new Paralympic record with the flag of Uzbekistan REUTERS/Athit Perawongmetha - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlarida oʻzbekistonlik sportchilar 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor boʻlishdi.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Tokio-2020 Paralimpiya oʻyinlari oʻz yakuniga yetdi.
Ushbu Paralimpiya oʻyinlarida 48 nafar oʻzbekistonlik sportchi turli sport yoʻnalishlarida oʻz kuchlarini sinab koʻrishdi.
Oʻyinlar yakunlariga koʻra mamlakat jamoasi 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza, jami 19 ta medalga sazovor boʻldi. Bu mamlakatning musobaqalarni umumjamoa hisobida 162 delegatsiya orasida 16-oʻrinda yakunlashiga imkon berdi.
Bu koʻrsatkich Osiyo jamoalari (Xitoy, Yaponiya va Erondan soʻng) va MDH (Rossiya, Ukraina va Ozarbayjondan keyin) mamlakatlari orasida toʻrtinchi. Oʻzbekiston Markaziy Osiyo va Turkiy xalqlar orasida esa birinchi boʻldi
Hozir Tokio shahridagi Olimpiya stadionida musobaqaning tantanali yopilish marosimi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekistonlik paralimiadachilar Toshkentga ertaga qaytib keladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader