Sport

Srechko Katanets boshchiligidagi ilk oʻyinda “oq boʻrilar” kichik hisobda magʻlub boʻldi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
“Friends Arena” stadionida kechgan bahsda Oʻzbekiston 1:2 hisobda Shvetsiyaga yengildi.
TOSHKENT, 5 sen — Sputnik. Stokgolmda FIFA kunlari doirasidan oʻrin olgan Shvetsiya - Oʻzbekiston oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Bu futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasining Srechko Katanets boshchiligidagi ilk oʻyini edi.
“Friends Arena” stadionida kechgan bahsdagi hisob oʻzbekistonlik futbolchi Abdulla Abdullayevning avtogoli bilan ochildi. 35-daqiqada Shvetsiya jamoasi ikkinchi golni kiritdi.
71-daqiqada Eldor Shomurodov oradagi farqni qisqartirishga muvaffaq boʻldi. Oʻyinda boshqa gollar urilmadi.
Shu tariqa, Oʻzbekiston Shvetsiyaga 1:2 hisobda magʻlub boʻldi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala