Kolumnistlar

Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: oʻldirilganlar million, trillionlar oʻmarilgan

© AFP / MASSOUD HOSSAINIAmerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы "Chinuk"
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
11 sentyabr kuni AQShda terakt uyushtirilganiga 20 yil boʻladi. Bu voqea Amerika hukumatining xalqaro terrorizmga urush boshlashini eʼlon qilishiga sabab boʻlgandi.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. AQSH qaygʻuli yubileyga hozirlanmoqda – 11 sentbr kuni terakt uyushtirilganiga 20 yil boʻladi. Gollivudning falokat toʻgʻrisidagi filmlarining barcha qonunlariga binoan nomaʼlum stsenaristlar tomonidan sahnalashtirilgan bu oxirgi zamon voqeasi Amerika hukumatining xalqaro terrorizmga urush boshlashini eʼlon qilishga va boshqa mamlakatlarga qurolli bostirib kirishni boshlashiga sababchi boʻldi. Oradan 20 yil oʻtdi. Endi sarhisob qilsa ham boʻladi.
AQShning mashhur Braun universiteti bu davr ichida amerikaliklan tomonidan ishgʻol qilingan mamlakatlarda mininum million kishi oʻldirilgan. Nita Kroford, universitetning “Urush bahosi” loyihasi asoschilaridan biri, bu “juda katta kichraytirib koʻrsatish” ekanini taʼkidlamoqda. Qurbonlar roʻyxatiga faqat toʻqnashuvlar paytida bevosita halok boʻlganlar kiritilgan. Unga urushning turli balolaridan – infratuzilmalarning ommaviy vayron etilishi sabab yuzaga kelgan ochlik, tashnalik, kasalliklar, tibbiy yordam yoʻqligi - halok boʻlganlar kiritilmagan.
Amerikanskiye voyennыe v aeroportu Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Kolumnistlar
AQSH boshqa urush qila olmaydi. Ular dunyoda qanday hukmronlik qilmoqchi boʻlgan
Boshqa huquq himoyachilarining hisob-kitoblariga koʻra, oʻlim bundanda koʻp boʻlgan. Masalan, “Shifokorlar ijtimoiy maʼsuliyat tarafdori” faqat Afgʻoniston, Iroq va Pokistonda 2001 yildan 2015 yilgacha bir millionga yaqin kishi oʻldirilganini hisoblab chiqdi.
Braun universiteti maʼruzasida aks etgan oʻlimlar tuzilishi qiziq: halok boʻlganlarning 387 ming nafari tinch aholi boʻlgan, 200 mingga yaqini amerikaliklar tomonida turib jang qilgan mahalliy harbiylar, yana 300 mingdan koʻprogʻi ularni amerikaliklar “terrorchilar” deb atagan mahalliy partizanlar. Nita Kroford oʻlimidan keyin terrorchilar safiga qoʻshilgan odamlarning katta qismi oddiy tinch aholi boʻlganini tan oladi.
AQSH harbiy xizmatchilaridan “terrorchilikka qarshi kurashish” chogʻida yetti mingga yaqini halok boʻlgan, shartnoma asosida xizmat qilayotganlardan sakkiz ming nafarchasining yostigʻi qurigan. Yaʼni ishgʻol qilingan mamlakatlar aholisidan deyarli 100 baravargacha kam. Shu oʻrinda savol tugʻiladi: AQSH halqaro hamjamiyatga shuni vaʼda qilgandimi?
Yoʻq, prezident Jorj Bush hech ham yening armiyasi tinch aholi genotsid qilish bilan shugʻullanishini gapirmagandi. U amerikaliklar Iroq, Afgʻonistonda va boshqa har yerda “milliy demokratik davlatlar” bunyod etishlarini vaʼda qilgandi. Barchaga dunyoning eng badavlat mamlakatining buning uchun hamma imoniyatlari bor boʻlib tuyulgandi. AQSH dunyo politsiyasi boʻlishni xohlar ekan – boʻlaversin.
Amerikaliklar muammoli mamlakatlar hududiga kirishlari, real terrorchilik guruhlardan tozalashlari va hamkorlikka kuchli mahalliy siyosatchilarni jalb qilib, keyin ularga suyanib asta-sekin davlatni isloh qilishi nazarda tutilgan edi. Masalan, koʻzga koʻringan qadam Afgʻonistonga sobiq qirol Zohirshohni taklif qilish boʻlgan boʻlardi. U shuhratga ega edi va mamlakatni birlashtira olgan boʻlardi.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 17.08.2021
Kolumnistlar
Qobul "amerikancha orzu" bilan vidolashmoqda: jihod davom etyapti
Lekin yoʻq, amerikaliklar buni qilishmadi. Ular mahalliy siyosatchilar orasida salbiy saralashni boshlashdi. Hukumat tepasiga – juda shartli ravishda, albatta, - faqat eng sotqin, eng uquvsiz, xalq ichida eng koʻzga koʻrinmaganlar kelishiga yoʻl qoʻyib berishdi. Milliy sotqinlarni, sodda qilib aytganda.
Afgʻonistonning oxirgi prezidenti Ashraf Gʻanining avgust oyidagi eng asosiy tashvishi mamlakatdan tezroq uchib ketish boʻldi. Boz ustiga uning qoʻriqchilari apil-tapil toʻrt mashina va vertolyotga dollar toʻla qoplarni tiqib soldi. Vertolyotdan dollarlar sochilgan. Milliy yetakchining tarixiy onlari, boshqa nima ham deya olasan.
Aslida amerikalik hamkorlarning yagona tashvishi egallab olingan hududlarni xaosga choʻmdirish boʻlgan. U yerda esa keyin har qanday noqonuniy ishlar ortidan boyish – narkotik savdo-sotigʻi, u yerda oʻz qurol-yarogʻlarini sotish.
Oʻsha Braun universiteti AQSH “terrorizmga qarshi urushga” sakkiz trillion dollardan koʻproq sarflagan. Bu juda aldamchi raqam. Pullar rasmiyatchilik jihatdan ishgʻol qilingan hududlarni rivojlashtirishga ketgan. Biroq, koʻrib turganimizdek, ular yoqqa yetib borishmadi. Iroq va Liviya qashshoqlikka yuz tutdi. Afgʻonistonda aholining uchdan bir qismi ochlikdan azob chekadi. Byudjetdan katta oʻgʻirliklar qiziqarli jinoiy ishlar uchun sabab boʻlgan boʻlardi.
Bu kam. Afgʻoniston u yerga amerikaliklar kirgandan keyin ulkan narkolaboratoriyaga aylandi. U dunyodagi geroiniing 90 foizi ishlab chiqariladi. Afgʻonlar narkotik savdo-sotigʻidagi foydaning asosiy qismi aynan amerikalik harbiylar qoʻliga kelib tushadi deb oʻylashadi. Yaʼni trillionlarcha investitsiyalar shunchalik shaxsiy choʻntaklarga solingan va foyda bilan AQSH qaytishgan.
Boyeviki dvijeniya Taliban (Zapreщeno v RF) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.08.2021
Kolumnistlar
Shok va dahshat: dunyo Afgʻonistonda oʻz taqdirini koʻrdi
U yerda terrorizm bilan bogʻliq vaziyat qanday? Axir hammasi aynan unga qarshi kurashish uchun qilingan ediku. Lekin Afgʻoniston, Iroq, Liviyadagi teraktlar soni bu vaqt ichida bir necha barovarga oʻsdi va hamma hammaga qarshi fuqarolar urushiga aylandi. Ilgari aytilgan milliy davlatlar oʻrniga oʻzaro jang qilayotgan alohida qabilalar, klanlar va bandalar paydo boʻldi. Gʻarb demokratiyasi oʻrniga oʻrtadagi kabi sudsiz qatllar, ommaviy qirgʻinlar, ayollar, bolalar va kam sonli xalqlar ustidan masxara qilish kuzatildi.
Ular terrorchilik tashkiloti deb eʼlon qilgan tashkilot yetakchilari bilan amerikalik harbiylar oʻta tushunib boʻlmaydigan munosabatlarga ega. Avvaliga ular “Tolibon”* dohiylarini qamoqqa tiqishdi. Keyin qoʻqqisdan ularni ozod qilsh – mana hozir aynan oʻsha odamlar Kobulga kirib, afgʻon hukumatiga rahbarlik qilmoqdalar.
ISHID* jangarilarini amerikalik harbiylar Suriyadagi toʻqnashuvlar paytida pana qilishdi. Bu haqda rossiyalik harbiylar va diplomatlar bir necha bor aytishgandi. Umuman olganda, “oliy, oliy munosabatlar”.
Amerika iqtisodiyoti talangan hududlar hisobiga tom maʼnoda qonni dollarga qayta ishladi. Amerikalik siyosatchilar barini yaxshigina anglashardi. 1996 yili CBS telekanali boshlovchisi Madlen Obraytdan soʻradi: “Iroqda – (amerika sanktsiyalari natijasida – tahr.) YUNISEF maʼlumotlariga koʻra, yarim millionga yaqin bola halok boʻlgan. Bu Xirosomidagidan ham koʻproq. Nahotki bu unga arzirdi?” – “Qiyin tanlov”, - deya javob qaytardi Olbrayt. – Lekin ha, u bunga arzirdi”.
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Narkotiklar, soliqlar va sirli homiylar. Toliblar milliardlarni qayerdan oladi
Bir necha yil ilgari iroqlik bolalar hayotini amerika sanktsiyalari emas, balki amerika oʻqlari olib ketdi. Kuni kecha amerika bombasi Kobuldagi avtomobilni portlatdi. Taxminlarga koʻra, u minalashtirilgan boʻlgan. Portlash yaqin atrofda boʻlgan yigirmatagacha kobulliklarning umriga zomin boʻldi. Ular orasida olti bola bor edi. Eng kichik qizaloq 2 yoshda edi.
Amerikalik harbiylar tomonidan terrorizmga qarshi kurashish deb ataluvchi urush vaqtida sodir etgan jinoyatlari, albatta, puxta xalqaro tekshiruvga sazovor. AQSH oʻz vaqtida Xalqaro jinoyat sudi ishida qatnashishdan ehtiyotkorlik bilan boʻyin tovladi. Ammo butun dunyo boʻylab huquqni himoya qiluvchi tashkilotlar va notijorat tashkilotlar Amerika ishgʻolining dahshatli yilnomasini yozmoqda. Bu bizning halok boʻlganlarning oldidagi umumin qarzimiz.
Dunyo politsiyachisini esa zudlik bilan isteʼfoga joʻnatish kerak. Bugungi kunda Rosssiya xalqlarni demokratiyalashtirayotgan amerikaliklarning qurolidan qutqaruvchi yagona xaloskor boʻlib qolmoqda. Rossiya harbiylari Suriyada “nazorat qilinayotgan xaos”ni toʻxtatishdi. Rossiyalik diplomatlar Ukrainada fuqarolar urushi boshlanib ketishiga yoʻl qoʻyishmadi. Rossiya Armaniston va Ozarbayjon oʻrtasidagi qon toʻkishni toʻxtatdi. Biz tinchlik va xavfsizlik eksport qilamiz, amerikaliklar esa qonli xaos.
Ularni qoʻllardagi bolalar qoni qoʻrqitmaydigan amerika gegemoniyasining ashaddiy muxlislariga eslatib oʻtmoq joizki, Vashington xatti-harakati soʻngi paytlarda hatto amerikaliklarning oʻzini dahshatga solmoqda.
Voyennoslujaщiye NATO osuщestvlyayut posadku v vertolet - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Harbiy ekspert: AQSH Afgʻonistonda oʻzidan keyin qurol, urush va xaosni qoldirdi
“Avval Vyetnam va Kubadagidek Afgʻonistonda, Iroqda, Suriyada tahqirlangan Amerika imperiyasi oʻzining qulashiga, kuchsizliga va yovvoyilashib borayotganiga koʻrligicha qolmoqda, - deya yozadi taniqli amerikalik jurnalist Kris Xejes. – Soyada qolib, imperiyani manipulyatsiya qilayotganlar, <…> afgʻonlar oʻlimidan shodlanishlari va ular qurayotgan dorlar ularning oʻzlari uchun moʻljallanganini tushunmasdan “u bunga arzirdi” deb oʻzlarini ishontirishlari mumkin”.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkilotlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala