Hodisalar

Fargʻonada deportdan chiqarishga vaʼda bergan firibgar DXX tomonidan ushlandi

Naruchniki - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining firibgarlik moddasi boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Rossiyadan deportatsiya qilingan fuqaro "muammosini hal qilib berishni" vaʼda qilgan shaxs ushlandi.
Bu haqda Bosh prokuratura matbuot-xizmati xabar bermoqda.
Pribыtiye poyezda Tashkent-Moskva - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.08.2021
Migratsiya
Moskva meri “deport” va “zapret” qoʻyilgan migrantlar sonini maʼlum qildi
"Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning maʼlum qilishicha, Departament hamda DXXning Margʻilon shahar boʻlimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. boshqa bir fuqaroning Rossiya Federatsiyasidan deportatsiya qilinganligi holatini elektron bazadan chiqartirib berish evaziga firibgarlik yoʻli bilan 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan", - deyiladi xabarda.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader