"Gulchatoy, och yuzingni": britaniya spesnazi Qobuldan paranjida qochdi

© AFP 2023 / DONALD R. ALLENEvakuatsiya v aeroportu Kabula
Evakuatsiya v aeroportu Kabula - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Bosqinchilar tomonidan tashkillashtirilgan blokpostlarda Buyuk Britaniya harbiylari ular o‘ta xudojo‘y ayollar ekanliklari va toliblarning Afg‘oniston hukumati tepasiga kelishini shaxsan olqishlashni istashlari haqida gapirishgan. Va bu nayrang ish bergan.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Daily Express nashri britaniyalik harbiylar Qobuldan qay tarzda evakuatsiya qilinayotgani haqida o‘ta ajoyib yangilik bilan bo‘lishdi, deb xabar bermoqda RIA Novosti.
Afg‘onistonda maxfiy missiya bilan bo‘lib turgan Britaniya Alohida havo xizmati qo‘shinlari (SAS) Qobulning toliblarga topshirilishi vaqtida g‘aflatda qolishgani aytilmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, yigirma nafar harbiy xizmatchilar Afg‘oniston janubida topshiriq bajarishayotgan bo‘lishgan. Ular o‘zlarining mamlakatdan evakuatsiya qilinishi uchun vertoletlar yo‘qligi haqida ogohlantirish olgach, poytaxtgacha mustaqil yetib borishga majbur bo‘lishadi.
Vitse-prezident Afganistana Amrulla Salex - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Sobiq Afg‘oniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV
"Ular operatsiyani to‘xtatish va zudlik bilan Qobul orqali evakuatsiyaga tayyorlanish haqida ogohlantiriladi", - deb xabar qildi o‘z ismini ma’lum qilishni istamagan manba.
Harbiylar shu tarzda qurol-aslaha va maxsus vositalarini qoldirib ketishga majbur bo‘lishgan. O‘z hayotlarini saqlab qolish uchun esa, paranji kiyib, taksida Afg‘oniston poytaxtiga qarab yo‘l olishgan.
"Bir nechta xatarli holatlar bo‘lgan, ammo jangarilar hatto ayollardan paranjilarini yechishni xohlashmagan", - deb xabar qiladi Britaniya OAVlari.
Provinsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini ma’lum qilishdi
Bosqinchilar tomonidan tashkillashtirilgan blokpostlarda Buyuk Britaniya harbiylari ular o‘ta xudojo‘y ayollar ekanliklari va toliblarning Afg‘oniston hukumati tepasiga kelishini shaxsan olqishlashni istashlari haqida gapirishgan. Va bu nayrang ish bergan.
Britaniyaliklar ayollar kiyimini faqat o‘z yurtdoshlari davrasiga kelib qo‘shilgandagina yechishga muvaffaq bo‘lishgan.
Yangiliklar lentasi
0