Sport

Kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak – Katanets

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaGlavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanets
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanets - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi shvedlarga qarshi kechgan oʻyin fikrlarini bildirdi.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Futbol boʻyicha Oʻzbekiston milliy terma jamoasi sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets boshchiligidagi ilk oʻyinini Shvetsiyaga qarshi oʻtkazdi.
Stokgolmda kechgan oʻrtoqlik uchrashuvida “oq boʻrilar” 1:2 hisobda shvedlarga magʻlub boʻldi.
Oʻyindan keyin bosh murabbiy Srechko Katanets uchrashuv haqida fikr bildirib, ilk taassurotlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Eng avvalo, Shvetsiya terma jamoasini gʻalaba bilan tabriklayman. Birinchi taassurotimga keladigan boʻlsak, Oʻzbekistonga kelganimga hali koʻp boʻlmadi. Umuman olganda, bugungi oʻyindan qoniqdim. Biz yaxshi oʻynadik, lekin xatolarimiz ham boʻldi. Bu albatta normal holat. Sababi, tarkibimizda yosh oʻyinchilar koʻp edi”, - dedi u.
Katanets Shvetsiyaning katta turnirlar tajribasi borligiga toʻxtaldi va bu uchrashuv Oʻzbekiston jamoasi uchun katta tajriba boʻlgan. Shvetsiyadek jismoniy jihatdan kuchli raqibga qarshi oʻynash oson emas.
“Men natijadan vahimaga tushmayapman. Sababi, asosiy vazifamiz yoshlarga imkoniyat berib, ularni sinab olish edi, busiz iloji yoʻq, chunki biz oʻsishimiz kerak. Oʻzingizga maʼlum, kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak. Umid qilaman, hamma oʻz ustida ishlaydi va toʻxtab qolmaydi”, - deya xulosa qildi Katanets.
Eslatib oʻtamiz, sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanets bilan 27 avgust kuni shartnoma imzolangan edi. Unga koʻra Katanets 2025 yilga qadar Oʻzbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2021
Sport
Srechko Katanets boshchiligidagi ilk oʻyinda “oq boʻrilar” kichik hisobda magʻlub boʻldi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader