Maqsuda Vorisova prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlandi

© Press-slujba NDPUKandidat v prezidenti Uzbekistana ot NDPU Maksuda Vorisova
Kandidat v prezidenti Uzbekistana ot NDPU Maksuda Vorisova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi (XDP)Maqsuda Vorisovani prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqladi. Bu haqda partiya matbuot xizmati xabar berdi.
Partiyaning 6-sentabr, dushanba kuni bo‘lib o‘tgan XII qurultoyida O‘zbekiston prezidentligiga partiya markaziy kengashi raisi o‘rinbosari, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Maqsuda Vorisova nomzodi syezd delegatlarining ko‘pchilik ovozi bilan tasdiqlangan.
Maqsuda Vorisovaning saylovoldi dasturida "Barchaga g‘amxo‘rlik davlatning burchidir!" shiori asosida 9 ta yo‘nalish bo‘yicha maqsad va vazifalar ilgari surilgan.
Lider partii Milliy tiklanish Alisher Kadirov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.08.2021
O‘zbekiston prezidentligiga Alisher Qodirov nomzodi tasdiqlandi
Ijtimoiy tenglik va xalq demokratiyasi mezonlariga mos keladigan davlat va jamiyat barpo etish, aholining daromadiga qarab tabaqalashtirilgan soliq tizimini joriy etish, “Odil sudlovni amalga oshirishda fuqarolarning sudlarda Xalq maslahatchilari sifatida to‘laqonli ishtirok etishini ta’minlashning huquqiy asoslarini kuchaytirish, aholining kam ta’minlangan qatlamlariga bepul, sifatli va to‘laqonli, shu jumladan profilaktika tibbiy xizmatlarni o‘z ichiga olgan tibbiy yordam ko‘rsatish shular jumlasidan.
Yangiliklar lentasi
0