Jamiyat

Oʻzbek-xitoy vaktsinasining yana 3 mln dozasi olib kelindi

© Press-slujba Minzdrava RUzDostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001
Dostavlena ocherednaya partiya vaktsinы ZF-UZ-VAC2001  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Oʻzbekiston koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 3 million dozasini xarid qildi.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. Oʻzbekistonga koronavirusga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasining yana 3 million dozasi olib kelindi. Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shunday qilib, mamlakatga keltirilgan jami vaktsina 22 million 446 ming 540 dozani tashkil qilmoqda. Ulardan 460 000 dozasi “Sputnik V”, 986 480 dozasi AstraZeneca, 18 million dozasi ZF-UZ-VAC2001, 3 mln dozasi Moderna vaktsinasidir.
Ayni kungacha mamlakatda jami 15 004 856 doza vaktsinadan foydalanilib, toʻliq emlangan fuqarolar 2 123 460 nafarni tashkil qilmoqda.
Eslatib oʻtamiz, kecha ham shu vaktsinaning 1,5 million dozasi keltirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala