Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston Afgʻoniston boʻyicha onlayn uchrashuvda ishtirok etdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovZdaniye MID Uzbekistana
Zdaniye MID Uzbekistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonga har tomonlama koʻmaklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami koʻrsatish va oziq-ovqat inqiroziga yoʻl qoʻymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Kecha, 5-sentyabr kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Pokiston, Eron va Xitoyning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakillari virtual shaklda muzokaralar oʻtkazdi.
Tomonlar afgʻon inqirozini tinch yoʻl bilan hal etish boʻyicha mintaqaviy saʼy-harakatlarni birlashtirish, tez fursatlarda mamlakatda keng vakillik asosida inklyuziv hukumat tuzish, inson huquqlari, jumladan, ayollar va milliy ozchilik huquqlarini taʼminlash muhimligini taʼkidladilar.
Toliblar tomonidan Afgʻonistonda xalqaro terroristik tashkilotlar faoliyatiga hamda ushbu mamlakat hududidan qoʻshni davlatlarga har qanday tahdidlarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha oʻz majburiyatlarini bajarish muhimligiga eʼtibor qaratildi.
Provintsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini maʼlum qilishdi
Afgʻonistonga har tomonlama koʻmaklashish, xususan, pandemiya davrida insonparvarlik yordami koʻrsatish va oziq-ovqat inqiroziga yoʻl qoʻymaslik borasidagi chora-tadbirlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader