O‘zbekiston maktablarida birinchi qo‘ng‘iroq jarang sochdi

© Ministerstvo narodnogo obrazovaniya UzbekistanaPerviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov
Perviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Bugun, 6-sentabr kuni, O‘zbekistondagi 10 083 ta umumta’lim maktabida an’anaviy shaklda darslar boshlandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bu yil maktablarning 1-sinfiga 600 mingga yaqin bola qadam qo‘ygan. Ularga 12 turdagi o‘quv qurollari, maktab sumkasi, darsliklar majmuasidan iborat Prezident sovg‘alari topshirilgan.
© Ministerstvo narodnogo obrazovaniya UzbekistanaPerviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov
Perviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Perviy zvonok: shkoli Uzbekistana otkrili dveri dlya uchenikov
Joriy yilda “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari “Yangi O‘zbekistonda erkin va farovon yashaylik!” shiori ostida tashkil etilgan bo‘lib, unda maktablarning ko‘zga ko‘ringan bitiruvchilari, tadbirkorlar hamda davlat idoralari rahbarlari ham ishtirok etgan.
“Bilimlar kuni” maktablarda “Mustaqillik dars”lari bilan boshlanib, unda O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligi davrida erishgan yutuqlari haqida o‘quvchilarga so‘zlab beriladi.
Ma’lum sabablarga ko‘ra maktabga bora olmagan bolalar uchun parallel ravishda “Onlayn maktab” loyihasi doirasida MTRK telekanallari orqali ham uydan ta’lim olishga imkoniyat yaratilgan.
Uzbekskie shkolniki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.09.2021
O‘zbekistonda qizlar maktabga ro‘mol va do‘ppida borishlari mumkin
Yangiliklar lentasi
0