Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Sobiq Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV

© AP Photo / Rahmat GulVitse-prezident Afganistana Amrulla Salex
Vitse-prezident Afganistana Amrulla Salex - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
OAVlar yana sobiq Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochib ketgani haqida yozmoqda.
TOSHKENT, 6 sen – Sputnik. OAVda yana sobiq Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochgani haqidagi xabar paydo boʻldi. Bu haqda Al Arabiya va Afghanistan International nashlari xabar qilmoqda. Bu maʼlumotni Sputnik Tojikiston muxbiriga ham tasdiqlashgan.
Hozirda siyosatchining Tojikistonning aniq qayerida ekani ekani maʼlum emas.
Solehning Afgʻonistondan Tojikistonga qochib ketgani haqidagi xabarlar 4 sentyabr kuni paydo boʻlgandi. Times Now telekanali respublikaning sobiq vitse-prezidenti Tojikistonga Qarshilik koʻrsatish yetakchilari hamrohida ketganini taʼkidlagandi.
Provintsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini maʼlum qilishdi
Ammo keyinchalik Soleh videomurojaat yoʻllab, bu xabarni rad etdi. U Panjsherda ekanini aytib, uning qochgani haqidagi xabarlarni “dushmanning propagandasi” deb atagandi.
Eslatib oʻtamiz, Amrullo Soleh “Tolibon”* Afgʻonistondagi hukumatni egallab olgani sabab mamlakatni tark etgan sobiq prezident Ashraf Gʻanidan keyin oʻzini yangi davlat rahbari deb eʼlon qilgandi.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader