Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Toliblar afgʻon xalqidan namoyishlardan voz kechishni soʻradi

© AP Photo / Rahmat GulBoyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule
Boyeviki dvijeniya Taliban* (terroristicheskaya organizatsiya zapreщennaya v RF) vo vremya patrulirovaniya v Kabule - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
"Tolibon"* harakati vakillari afgʻon xalqiga namoyishlardan voz kechishni tavsiya etdi
TOSHKENT, 6 sen - Sputnik. Afgʻoniston aholisi norozilik namoyishlari va mitinglar oʻtkazishlari kerak emas, sababi, mamlakat endigina inqirozdan chiqdi. Bu haqda toliblarning Twitterdagi akkauntida eʼlon qilingan video-murojaatda "Tolibon"* harakati vakili Zabiulla Mujohid bayonot berdi.
"Biz hozirgina inqirozdan chiqdik, shu bois, erkaklar va ayollardan, shuningdek, aholining barcha qatlamidan bunday sharoitda namoyishlar oʻtkazmaslikni soʻraymiz", - deb aytgan Mujohid.
Vitse-prezident Afganistana Amrulla Salex - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Sobiq Afgʻoniston vitse-prezidenti Amrullo Soleh Tojikistonga qochdi - OAV
Eslatib oʻtamiz, bir oz avval oʻtkazilgan matbuot-anjumanida toliblar yangi hukumatni shakllantirish borasida qaror qabul qilish jarayoni nihoyalangani, faqat texnik masalani hal qilish qolgani haqida xabar berishgan edi.
Zabiulla Mujohidning soʻzlariga koʻra, Afgʻonistonning yangi hukumati bir necha kundan soʻng eʼlon qilinadi, hozircha aniq sana aytilmayapti. Matbuot-anjumanida toliblar boshchiligidagi hokimiyat konstitutsiyasi haqida ham savol berilgan.
"Konstitutsiyaga keladigan boʻlsak, shuni aytishim kerak-ki, tizim (hukumat) tasdiqlanishi bilan konstitutsiya ustida ish boshlanadi, u yoki qayta koʻchiriladi, yoki boʻlmasa unga oʻzgartishlar kiritiladi", - deb aytgan Mujohid bu savolga javoban.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyi boshida "Tolibon"* jangarilari AQSH qoʻshinlarining Afgʻonistondan chiqarilishi fonida hukumat kuchlari pozitsiyalariga hujumga oʻtib, oy oʻrtalariga kelib, Qobulga kirib borishgan edi.
Provintsiya Pandjsher Afganistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Toliblar Panjsher viloyatini egallab olishganini maʼlum qilishdi
Mamlakat prezidenti isteʼfo berdi va mamlakatni tark etdi, toliblar esa mamlakatda urush tugaganini eʼlon qilib, boshqaruvning yangi shakli tez orada aniqlashtirilishi haqida maʼlum qildilar.
Shu vaqtgacha jangarilar taslim qilolmagan hudud - Panjsher provintsiyasi dushanba kuni toliblar tomonidan toʻliq egallab olingani haqida xabarlar tarqaldi.
Ahmad Masʼud boshchiligidagi mahalliy qarshilik harakati vakillari bu xabarni rad etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader