Toshkent “yashil shahar”ga aylantiriladi – qanday vazifalar belgilandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAlleya vozle SUMa v Tashkente.
Alleya vozle SUMa v Tashkente. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.09.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat qarori bilan 2023-yilga qadar shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan.
TOShKENT, 6 sen – Sputnik. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tubdan takomilashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjatda qayd etilishicha, Toshkent shahrida qurilish va xizmat ko‘rsatish sohalarida amalga oshirilayotgan ishlarning keskin oshishi natijasida ekologik yuklamani pasaytirish zarurati kelib chiqmoqda. Bundan tashqari, shahar aholisining madaniy hordiq olishi uchun yashil zonalarga bo‘lgan ehtiyojini qondirish taqozo etilayapti. Hujjatdan ko‘zlangan asosiy maqsadlardan biri, bu – Toshkentni “yashil shahar”ga aylantirishdir.
2023 yilga qadar shahar umumiy maydonining ko‘kalamzorlashtirish darajasi 30 foizga yetkaziladi. Bu shahar va tuman hokimliklarining asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi. Demak, ana shu muddatgacha bo‘lgan 1-yilu 4 oy vaqt davomida juda katta hajmda ish bajarilishi lozim.
Lekin vaqt tig‘iz degan vaj bilan daraxtlarning duch kelgan navini duch kelgan joyga ekishga yo‘l qo‘yilmaydi. Har bir daraxt ko‘chati o‘sha hududning iqlimi va yer maydonining xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha o‘tkaziladigan ilmiy tadqiqotlar asosida tanlab olinadi.
Alisher Maksudov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Prezident Ekoqo‘mita raisini ishdan bo‘shatdi
Qarorga binoan, 2021-2023 yillarda Toshkent shahridan o‘tadigan kanallarning qirg‘oqlarini mustahkamlash, obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va sayilgoh tashkil etish bo‘yicha manzilli dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahrida umumiy soni 1 500 ta suv quduqlarini tashkil etish bo‘yicha dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahrida piyoda va velosiped yo‘laklarini qurish bo‘yicha dastur;
2021-2022 yillarda Toshkent shahri mahallalarida “yashil zona”lar va xiyobonlar tashkil etish bo‘yicha dasturlar tasdiqlandi.
Poytaxt aholisi va mehmonlarni quvontiradigan yangiliklardan yana biri – Toshkent shahrining kamida 60 gektar yer maydonida attraksionlardan xoli bo‘lgan jamoat istirohat bog‘i tashkil etiladi. Bundan tashqari, har bir tumanda kichik yashil istirohat bog‘lari barpo etiladi.
Jamoat istirohat bog‘lari 24 soat mobaynida tunu kun faoliyat yuritadi. Uch oy muddatda xalqaro mutaxassislar, dizaynerlar va arxitektorlarni jalb etgan holda bog‘larni barpo etish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.
Qarorda ko‘zda tutilgan keng ko‘lamli jarayonlarga tadbirkorlar ham o‘z hissasini qo‘shish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Chunonchi, Bektemir va Uchtepa tumanlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish vazifalarini autsorsing asosida tadbirkorlarga berish yuzasidan huquqiy eksperiment o‘tkaziladigan bo‘ldi. Mazkur tumanlar aholisiga esa eksperiment natijalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish imkoni yaratiladi.
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi hamda Toshkent shahar hokimligining “1million daraxt” deb nomlangan yana bir ajoyib tashabbusiga ham rozilik berildi. Unga ko‘ra, 2021-yilning kuz va 2022-yilning bahor mavsumlarida poytaxt hududida 1 million tup daraxt ekiladi.
Shu o‘rinda bir mulohaza: uzoq yillar davomida falon tup ko‘chat ekildi, falon tup mevali va manzarali daraxtlar o‘tqazildi, degan hisobotlarga hamma ko‘nikib qolgan, aniqrog‘i birov ularga e’tibor ham bermaydigan bo‘lib qolgan edi. Ayniqsa, bunday hisobotlar umumxalq hasharlari chog‘ida “baralla” yangrar edi... Vaholanki, o‘sha hisobotlarda ko‘rsatilgan ko‘chatlarning o‘ndan biri saqlanib qolganda ham, mamlakat shaharlari yashillik ko‘rsatkichi bo‘yicha tropik o‘rmonlarni-da ortda qoldirib ketgan bo‘lardi.
Chinara v mestechke Sayrob - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Joylarda daraxtlarni saqlash bo‘yicha guruhlar tashkil etiladi
Qarorga binoan, Toshkent shahar hokimligi huzurida xo‘jalik hisobidagi “Toshkent sayilgohi direksiyasi”ning tashkil etilgani bu kabi muammolarga chek qo‘yilishiga umid uyg‘otadi. Bu mavzuning ayniqsa dolzarbligini inobatga olgan holda, direksiya zimmasiga yuklatilgan asosiy vazifalarni keltirib o‘tishni lozim topdik:
Toshkent shahrida mavjud va yangi barpo etiladigan istirohat bog‘lari, mavzuli xiyobonlar, sayilgohlar, yashil maydonlar va xiyobonlarning namunali saqlanishini ta’minlash, xizmat ko‘rsatiladigan hududni yanada ko‘kalamzorlashtirish va obod qilish;
Ko‘kalamzorlashtirish obyektlarini saqlash va ulardan foydalanish, daraxtlarni, butalarni, gullarni parvarish qilish va ko‘kalamzorlashtirilgan maydonchalarni ta’mirlash;
Sun’iy sug‘orish tizimlari, nasos stansiyalari, quduqlar, yo‘llar va yo‘laklar, ko‘chalarni yoritish vositalari va favvoralarning sanitariya va texnik jihatdan zarur holatda bo‘lishini ta’minlash.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, “1million daraxt” tashabbusini amalga oshirish 2021-yil kuz mavsumidan boshlanadi. Sentabrning dastlabki haftasi ortda qolgani inobatga olinsa, aksiya boshlandi, deb hisoblash mumkin. Demak, maqola avvalida aytilganidek, fuqarolar uchun poytaxtni “yaxshilash va yashillash” jarayonida qatnashish imkoniga ham start berildi.
Topor, votknutiy v pen - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2021
Daraxtlarni kesishga moratoriy 2024-yilga qadar uzaytiriladi
Yangiliklar lentasi
0