Jamiyat

Afgʻoniston bilan chegarada Oʻzbekiston harbiylari oʻquv yigʻinini oʻtkazmoqda

© Ministerstvo oboronы UzbekistanaSilы PVO Uzbekistana provodyat uchebnыe sborы na granitse s Afganistanom
Silы PVO Uzbekistana provodyat uchebnыe sborы na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Mudofaa vazirligi dala oʻquv yigʻinini oʻtkazishdan asosiy maqsad toʻplangan tajribalarni yanada mukammallashtirish ekanini taʼkidladi.
TOSHKENT, 7 sen – Sputnik. Surxondaryo viloyati hududidagi harbiy qismlar havo hujumidan mudofaa boʻlinmalari bilan aviatsiyaning intensiv uchish hududlarida dala oʻquv yigʻini oʻtkaziladi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Yigʻin Janubi-gʻarbiy maxsus harbiy okrugi qoʻmondoni oʻrinbosarining tegishli buyrugʻiga asosan oʻtkazilmoqda. Hozirda “Termiz” dala oʻquv maydonida ana shunday oʻquv-uslubiy yigʻin boshlandi.
“Dala oʻquv yigʻinini oʻtkazishdan asosiy maqsad toʻplangan tajribalarni yanada mukammallashtirish, jangovar harakatlarni tashkillashtirish va ularni zamonaviy sharoitlarda har tomonlama taʼminlash boʻyicha egallangan bilimlarni mustahkamlashdan iboratdir”, - deyilgan xabarda.
Yigʻin ishtirokchilari bilan saf tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarlik mashgʻulotlarini yangicha usullarda olib borish boʻyicha amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtdi. Saf tayyorgarligi davomida harbiy xizmatchilarning ust-boshi, hujjatlari, qurollari koʻrikdan oʻtkazildi.
Uzbeko-afganskaya granitsa v rayone Termeza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.08.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekistonda urib tushirilgan afgʻon HHK samolyoti uchuvchilari reanimatsiyadan chiqarildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala