Bahrom Ashrafxonov O‘zbekistonning Gruziyadagi elchisi bo‘ldi

© Press-slujba MID RUzPosol Uzbekistana v Azerbaydjane Baxrom Ashrafxanov odnovremenno stal poslom strani v Gruzii.
Posol Uzbekistana v Azerbaydjane Baxrom Ashrafxanov odnovremenno stal poslom strani v Gruzii. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Ashrafxonov Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirdi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekistonning Ozarbayjondagi favqulodda va muxtor elchisi Bahrom Ashrafxonov mamlakatning Gruziyadagi elchisi (qarorgohi Baku shahrida) bo‘ldi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ashrafxonov 6-sentabr kuni Gruziya prezidenti Salome Zurabishviliga ishonch yorliqlarini topshirgan.
“Suhbat chog‘ida Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga eng yaxshi tilaklari va niyatlarini yetkazishni so‘radi”, - deyiladi xabarda.
Bahrom Ashrafxonov 2020-yil aprelidan buyon O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchisi bo‘lib ishlab kelmoqda. Shuningdek, u 2016-2018 yillarda O‘zbekistonning Rossiyadagi elchisi sifatida faoliyat yuritgan.
Yangiliklar lentasi
0