Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Bayden toliblarni tan olish haqidagi savolga javob berdi

© REUTERS / CARLOS BARRIAPrezident SSHA Djo Bayden
Prezident SSHA Djo Bayden - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
AQSH prezidenti Jo Bayden toliblarni tan olishgacha hali ancha vaqt bor deb hisoblaydi
TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. AQSH prezidenti Jo Bayden Afgʻonistonda "Tolibon"* hukumatini tan olishgacha hali ancha vaqt bor, deya bayonot qildi.
Oq uy matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan jurnalistlar puli axborotida aytilishicha, AQSH prezidenti allaqanday bayonot qilish maqsadida oʻzini kutib turgan jurnalistlar yoniga yaqinlashgan.
"Ertaga katta kun kutmoqda", - deya soʻz boshlagan Bayden, ammo jurnalistlar uning gapini Afgʻoniston haqidagi savollar bilan boʻlib tashlashgan.
Amerikanskiy soldat (sleva) sidit v zadney chasti vertoleta morskoy pexotы Chinuk - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Kolumnistlar
Amerika buyuk urushni sarhisob qilyapti: oʻldirilganlar million, trillionlar oʻmarilgan
Jumladan, unga toliblar rejimini tan olish haqida savol berishgan.
"Bungacha hali uzoq. Bungacha hali juda uzoq", - degan Bayden bu savolga javoban.
Bir oy avval toliblar hukumat kuchlariga hujumlarni faollashtirib, 15 avgust kuni Qobulga kirib borishgan edi. Ertasi kuni ular Afgʻonistonda urush tugaganligini, mamlakat boshqaruv shakli esa tez orada maʼlum boʻlishini aytishdi.
31 avgustga oʻtar kechasi AQSH harbiylari Qobul aeroportini tark etib, bu bilan Qoʻshma Shtatlarning Afgʻonistondagi 20 yillik mavjudligiga nuqta qoʻydilar.
* Rossiyada taʼqiqlangan terrorchi tashkilot.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala