Bobur haqidagi hujjatli film premyerasi bo‘lib o‘tdi

© Kinematografiya agentligi matbuot xizmatiZahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi.
Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Toshkentda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan “Yo‘lbars izidan” nomli hujjatli film namoyish etildi. Bu haqda Kinematografiya agentligi xabar qilmoqda.
Premyera oldidan poytaxtdagi Adiblar xiyobonida Kinematografiya agentligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlagan ma’ruzalar, g‘azallar, badiiy asarlardan parchalar o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.
“Yo‘lbars izidan” kartinasi “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan turkum filmlardan biri. Unda Zahiriddin Muhammad Boburning shonli hayot yo‘li, dilbar ijodi va murakkab taqdiri, davlat boshqaruvidagi strategiyasi, o‘tkazgan janglari va oila a’zolari bilan munosabatlari aks ettirilgan”, - deyiladi agentlik xabarida.
Bosh rol ijrochisi Ilhom Berdiyevning so‘zlariga ko‘ra, filmni yaratish jarayonida tarixchi olimlar va boburshunoslar bilan hamkorlikda ishlandi.
“O‘zbek xalqining buyuk farzandi – Bobur obrazini yaratish menga nasib etganidan behad baxtiyorman, - deydi u. – O‘zim bolaligimdan Bobur hayoti va ijodiga qiziqib kelardim, asarlarini ham ko‘p o‘qiganman. Bobur o‘ta murakkab shaxs bo‘lgani uchun uning siymosini yaratish oson kechmadi. Xulosa, doimgidek, tomoshabinning o‘ziga havola”.
Snimayetsya korotkometrajniy film o Zaxiriddine Muxammade Babure - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.11.2020
Zahiriddin Muhammad Bobur haqida film suratga olinmoqda
Filmda Zahiriddin Muhammad Boburning bolalik, o‘smirlik va yoshlik davri qamrab olingan. Har bir sahna yuzasidan o‘zbekistonlik va xorijlik olimlarning fikrlari o‘rganildi. Tarixiy janrga xos detallar, ayniqsa, jang sahnalari professional tarza suratga olingan.
Yangiliklar lentasi
0