Kolumnistlar

“Bunga yoʻl qoʻymaslik kerak”: Gʻarb Rossiya va Xitoyni aldamoqchi boʻldi

© REUTERS / Saeed Ali Achakzai Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte "Vorota drujbы" v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan
Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte Vorota drujbы v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Afgʻonistonni muhakama qilish uchun eng yaxshi formatlar bu "Katta yigirmatalik" yoki SHHT+"Katta yettilik" boʻlishi mumkin.
Afgʻoniston syurprizlar keltirishda davom etmoqda – tashqi kuchlar tomonidan yangi qarama-qarshilik markaziga aylantirishga boʻlgan urinishlariga qaramasdan Tolibon* Panjsherni tezda egallab oldi. Lekin hozir gap bu haqida emas, bakim Gʻarbning navbatdagi nayrangi – Afgʻoniston mavzusini Rossiya va Xitoyga qarshi sodda va surbetlik bilan ishlatishga urinish haqida ketmoqda.
Toʻstatdan maʼlum boʻlishicha, 8 sentyabr kuni Afgʻoniston mavzusi boʻyicha “Katta yettilik” uchrashuvi rejalashtirilgan ekan. Uchrashuv onlayn koʻrinishda, tashqi ishlar vazirlari darajasida boʻlib oʻtadi. Uchrshuvni amerikalik davlat kotibi Entoni Blinken boshqaradi.
Silы PVO Uzbekistana provodyat uchebnыe sborы na granitse s Afganistanom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Jamiyat
Afgʻoniston bilan chegarada Oʻzbekiston harbiylari oʻquv yigʻinini oʻtkazmoqda
Xoʻsh, buni nimasiga hayron qolish kerak? Amerika tomonidan tayinlangan hukumat inqirozga uchragani va Gʻarb qoʻshinlari olib chiqib ketilganidan soʻng, Afgʻoniston butun dunyo eʼtibori qaratilgan birinchi qatordagi mavzuga aylandi. Uni “gʻarbiy klub” formatida muhokama qilish, albatta mantiqan toʻgʻridir. Ustiga ustak ikki hafta oldin “Katta yettilik” Afgʻonistonga bagʻishlangan onlayn koʻrinishda favqulodda sammit ham oʻtkazgan edi. Ha mayli muhokama qilaverishsin. Afgʻoniston borasida Gʻarbning qoʻlidan keladigan boshqa ish qolmadi.
Lekin bu safar, Gʻarb Afgʻonistonga taʼsir oʻtkazishi mumkin boʻlgan mamlkatlarni ham taklif qilgan. Yaponi tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegiaytishiga koʻra, muhokamaga 20dan ortiq mamlakatlar diplomatlari yigʻilishadi.
“Afgʻonistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari darajasida muhokama oʻtkazadi, lekin u yerda Rossiya, Xitoy va boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishadi”, - dedi Motegi.
Yaponiya vaziri Rossiya va Xitoy delegatsiyalari uchun ushbu uchrashuvda ishtirok etish muhim ekanini qayd etdi. Uning fikriga koʻra ushbu mamlakatlar “Afgʻonistonga maʼlum taʼsir oʻtkazishlari mumkin”.
Boyeviki Talibana* v provintsii Lagman, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Al-Qoida”* toliblarga qoʻshildi - Afgʻoniston qarshilik fronti
Lekin bu yerda bir narsa gʻalati – Rossiya va Xitoyning ushbu uchrashuvda ishtirokini ularning roziligisiz eʼlon qilish – jahon diplomatiyasida yangicha uslub. Gap shundaki, Moskva ham Pekin ham “Katta yettilik” majlisida ishtirok etishni rejalashtirgani yoʻq. Chunki u begona klub.
Rossiya ishtirokidagi “Katta yettilik” formati 2014 yilda tamom boʻlgan. (Rasman u Gʻarb tomonidan Qrim tufayli toʻxtatilgan edi) Xitoy esa ushbu “saralanganlar” klubga hech qachon kirmagan. Ayrim Yevropa va AQSH rahbarlarining aytishiga qaramasdan, Rossiyaning unga qaytishi toʻgʻrisida gap ham boʻlishi mumkin emas. Bu haqida Putin va Lavrov bir necha bor taʼkidlab oʻtishgan edi.
Shuning uchun ham ushbu bayonotlarga Moskva hayron boʻldi. Rossiya TIV rasmiy vakili quydagi bayonot bilan chiqdi:
“Hamkorlar tizimsiz yondashuvni namoyish qilishmoqda. Biz Berlin va Paridan 2 kun oldin qandaydir uchrashuv haqida eshitgan edik, lekin “Yettilik” emas. Undan soʻng esa Tokio tomonidan “Yettilik” ishtirokidagi uchrashuv haqida eʼlon qilindi. “Yettilik” uchrashuvi haqidagi xabarlarda Rossiya goh bor goh yoʻq. Ushbu vaziyat hamkorlarimiz oʻzlaridan va atrofdagi dunyodan nima xoxlashini tushununmayotganliklaridan darak beradi”.
Muammo Rossiya Gʻarb bilan Afgʻoniston masalasini muhokama qilishni istamasligida emas, - balkim ushbu muhokama qanday formatda oʻtkazilishida. Gap qandaydir rasmiy protokol haqida ham emas. Bizni, Gʻarb klubiga maslahat uchun taklif qilishgani maʼqul kelmaydi. Bir hafta oldin Turkiya vaziri Mevlyud Chavushoglu ana shunday maslahatda ishtirok etgan edi, chunki Turkiya NATO aʼzosi. Lekin Moskva va Pekinni bunday uchrashuvlarga taklif qilish – nafaqat foydasiz, balkim haqoratli ham.
Boyeviki Talibana* v provintsii Lagman, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 02.09.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
“Al-Qoida”* toliblarga qoʻshildi - Afgʻoniston qarshilik fronti
Shu sababli ham ular bu uchrashuvni boshqa narsaga oʻxshatmoqchi boʻlishdi. Yaʼni Berlin va Parijdan Moskvani Afgʻoniston borsida koʻp tomonli maslahatlar boʻlib oʻtishi haqida ogohlantirishdi va dastlabki rozilikni olishdi. Shundan soʻng esa uchrashuvning real formati haqida Yaponiya vaziri ochiq eʼlon qildi.
Xoʻsh endi nima boʻladi? Vaziyat ikki yoʻnalishda rivojlanishi mumkin - “Katta yettilik” va boshqa davlatlar Rossiya va Xitoy ishtirokisiz jamlanadi. Ular orasida Pokiston, Turkis, Saudiya Arabistoni, Qatar va Hindiston boʻlishi mumkin. Xoʻsh unda Afgʻoniston mavzusi qaysi nuqtai nazardan muhokama qilinadi?
Balkim Jozep Borrel aytganday “YEI Rossiya va Xitoyga Afgʻonistonda vaziyatni oʻz qoʻliga olishga va Qobulning sponsoriga aylanishiga yoʻl qoʻymasligi kerak. Biz harakat qilishimiz kerak” qabilidi ish tutilar.
Lekin Borrel shuningdek “Yevropa Afgʻonistonga taʼsir oʻtkazish imkoniga ega boʻlgan muhim halqaro hamkorlar - bilan ishlashi kerak. Turkiya, Xitoy va Rossiya Afgʻonistonda oʻz taʼsirini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qoʻlga kiritdi. Eron, Pokiston va Hindiston ham hududda kuchli taʼsirga ega” degan edi. Yaʼni amerikaliklar ketganidan soʻng Yevropa Afgʻonistonda Gʻarb manfaatlarini himoya qilmoqchi. Bunda u Afgʻoniston qoʻshnilari bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻymoqchi. Ularning bu istagini tushunsa boʻladi, yaqinda bosqinchi davlatlar orasida boʻlgan YEI u yerda mustaqil hech narsa qila olmaydi, chunki Tolibon* ularni hali uzoq vaqtgacha yaqin oʻtmishdagi tajovuzkor sifatida qabul qiladi.
Lekin Afgʻoniston muammosini Rossiya va Xitoy ishtirokisiz muhokama qilib, Gʻarb Moskva va Pekinni baribir oʻziga qarshi qilib qoʻyadi. Muhokamaning asosiy mavzusi ushbu ikki davlatning Afgʻonistondagi taʼsirini kamaytirishga qaratilmaganiga koʻndirishi oson boʻlmaydi. Bu esa Moskva va Pekinni “jilovlab turish” siyosatining yana bir koʻrinishidir xolos. Bugungi krizisga esa ularning oʻzi aybdor.
Shuning uchun ham global muhokamani samarali oʻtkazishning eng yaxshi uslubi – “Katta yettilik va unig mehmonlari” formatidan toʻliq voz kechishdir. Bunga “Katta yigirmatalik” shaklidagi anjuman koʻproq mos keladi. Italiya bosh vaziri Mario Dragi ham aynan shuni taklif qilmoqda. Ayni damda kerakli davlatlar bilan ushbu uchrashuv borasida muzokaralar oʻtkazilmoqda. Uchrshuv 27 sentyabrdan keyin, BMT Bosh Assambleyasi tugaganidan soʻng oʻtkazilishi mumkin.
Teleekran na kotorom vidnы liderы stran G20 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.03.2020
Analitika
Mushketyorlar qonuni boʻyicha: "Katta yigirmatalik" nega toʻplandi?
“Katta yigirmatalik” koʻp tomonli maslahatlar uchun ideal maydon deyish mumkin. Chunki uning tarkibiga nafaqat “Katta Yettilik” balkim Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham kiradi. Pokiston, Eron va Qatarni qoʻshimcha ravishda taklif qilish mumkin. Eron ishtirokisiz Afgʻonistonni umuman muhokama qilib boʻlmaydi. “Katta Yettilik” majlisiga esa Eron bormaydi. (Vashington uni taklif ham qilmaydi).
Rossiya aynan “Katta yigirmatalik” asosiy xalqaro format ekani haqida bir necha bor aytib oʻtgandi. Afgʻoniston mavzusi esa – ushbu klubni yanada kuchaytirish uchun juda yaxshi sabab boʻlishi mumkin.
Eslatib oʻtamiz, dastlab jahon iqtisodi muammolarini muhokama qilish uchun tashkil qilingan ushbu klub, allaqachon dunyoning eng muhim sammitiga aylangan. “Katta yigirmatalikning” navbatdagi sammiti oktyabr oyning oxirida Rimda boʻlib oʻtishi kerak. Shu sababli favqulodda sammit chaqirishga hojat ham boʻlmasa kerak.
Sammit oʻtkazish formati boʻyicha hozircha aniqlik kiritilmadi. Yaʼni uning oflayn yoki onlayn koʻrinishda boʻlishi nomaʼlum. Dunyo rahbarlari mana ikki yildan buyon yuzma-yuz koʻrishmaganini hisobga olganda, bunday uchrashuv barchaga kerakligini tushunish mumkin. Lekin Yevropada pandemiyaning yangi toʻlqini avj olgan taqdirda uchrashuv yana videoaloqa orqali oʻtishi aniq.
Jahon miqyosida, Gʻarb va Sharq oʻrtasida maslahat oʻtkazishning yana bir shakli bor. Aniqrogʻi Gʻarb va Sharq orasida muzokaralar formati: Katta yettilik va SHHTning qoʻshma majlisi. Dastlab TIV rahbarlari keyin esa davlat rahbarlari darajasida ham oʻtkazish mumkin. Ha, Shanxay tashkiloti aynan Afgʻoniston masalasi milliy xavfsizlik masalasi boʻlgan barcha davlatlarni birlashtiradi – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Markaziy Osiyo davlatlari, Hindiston. Eron ham yaqinda kuzatuvchi maqomidan doimiy aʼzoga aylanadi.
Xullas, ushbu hududda faqat Afgʻoniston kuzatuvchi boʻlib qolmoqda xolos. Bu ham uning yaqin vaqtga qadar Amerika okkupatsiyasi ostida boʻlgani tufayli. Rossiya va Xitoy birovning vassalini tashkilotda koʻrishni istamagan edi.
Ha aytmoqchi, SHHTning eng yaqin sammiti 10 kundan soʻng Dushanbeda boʻlib oʻtadi. Shunday ekan Sharq va Gʻarb muzokara va maslahatlar olib borish uchun katta imkoniyatga ega. Asosiysi, ularni tayyorlash va oʻtkazishda Gʻarb xoʻjayin roliga talabgor boʻlmasa bas. Klubga ham kazinoga ham xoʻjayin kerak emas. Chunki bir tomonlama oʻyin va atlantik dunyo allaqachon tugagan va protokol rasmiyatchiliklari dunyoning asosiy yetakchi davlatlarining real maqomini aks ettirishi kerak. Allakimning oʻzi haqidaga fikrlarini emas
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala