“Bunga yo‘l qo‘ymaslik kerak”: G‘arb Rossiya va Xitoyni aldamoqchi bo‘ldi

© REUTERS / Saeed Ali Achakzai Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte "Vorota drujbi" v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan
Semya iz Afganistana na kontrolno-propusknom punkte Vorota drujbi v pakistano-afganskom pogranichnom gorode Chaman, Pakistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Afg‘onistonni muhakama qilish uchun eng yaxshi formatlar bu "Katta yigirmatalik" yoki ShHT+"Katta yettilik" bo‘lishi mumkin.
Afg‘oniston surprizlar keltirishda davom etmoqda – tashqi kuchlar tomonidan yangi qarama-qarshilik markaziga aylantirishga bo‘lgan urinishlariga qaramasdan Tolibon* Panjsherni tezda egallab oldi. Lekin hozir gap bu haqida emas, bakim G‘arbning navbatdagi nayrangi – Afg‘oniston mavzusini Rossiya va Xitoyga qarshi sodda va surbetlik bilan ishlatishga urinish haqida ketmoqda.
To‘statdan ma’lum bo‘lishicha, 8-sentabr kuni Afg‘oniston mavzusi bo‘yicha “Katta yettilik” uchrashuvi rejalashtirilgan ekan. Uchrashuv onlayn ko‘rinishda, tashqi ishlar vazirlari darajasida bo‘lib o‘tadi. Uchrshuvni amerikalik davlat kotibi Entoni Blinken boshqaradi.
Sili PVO Uzbekistana provodat uchebnie sbori na granitse s Afganistanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Afg‘oniston bilan chegarada O‘zbekiston harbiylari o‘quv yig‘inini o‘tkazmoqda
Xo‘sh, buni nimasiga hayron qolish kerak? Amerika tomonidan tayinlangan hukumat inqirozga uchragani va G‘arb qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan so‘ng, Afg‘oniston butun dunyo e’tibori qaratilgan birinchi qatordagi mavzuga aylandi. Uni “g‘arbiy klub” formatida muhokama qilish, albatta mantiqan to‘g‘ridir. Ustiga ustak ikki hafta oldin “Katta yettilik” Afg‘onistonga bag‘ishlangan onlayn ko‘rinishda favqulodda sammit ham o‘tkazgan edi. Ha mayli muhokama qilaverishsin. Afg‘oniston borasida G‘arbning qo‘lidan keladigan boshqa ish qolmadi.
Lekin bu safar, G‘arb Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan mamlkatlarni ham taklif qilgan. Yaponi tashqi ishlar vaziri Tosimitsu Motegiaytishiga ko‘ra, muhokamaga 20dan ortiq mamlakatlar diplomatlari yig‘ilishadi.
“Afg‘onistondagi vaziyatni muhokama qilish uchun “Katta yettilik” tashqi ishlar vazirlari darajasida muhokama o‘tkazadi, lekin u yerda Rossiya, Xitoy va boshqa davlat vakillari ham ishtirok etishadi”, - dedi Motegi.
Yaponiya vaziri Rossiya va Xitoy delegatsiyalari uchun ushbu uchrashuvda ishtirok etish muhim ekanini qayd etdi. Uning fikriga ko‘ra ushbu mamlakatlar “Afg‘onistonga ma’lum ta’sir o‘tkazishlari mumkin”.
Boyeviki Talibana* v provinsii Lagman, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
Lekin bu yerda bir narsa g‘alati – Rossiya va Xitoyning ushbu uchrashuvda ishtirokini ularning roziligisiz e’lon qilish – jahon diplomatiyasida yangicha uslub. Gap shundaki, Moskva ham Pekin ham “Katta yettilik” majlisida ishtirok etishni rejalashtirgani yo‘q. Chunki u begona klub.
Rossiya ishtirokidagi “Katta yettilik” formati 2014-yilda tamom bo‘lgan. (Rasman u G‘arb tomonidan Qrim tufayli to‘xtatilgan edi) Xitoy esa ushbu “saralanganlar” klubga hech qachon kirmagan. Ayrim Yevropa va AQSh rahbarlarining aytishiga qaramasdan, Rossiyaning unga qaytishi to‘g‘risida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Bu haqida Putin va Lavrov bir necha bor ta’kidlab o‘tishgan edi.
Shuning uchun ham ushbu bayonotlarga Moskva hayron bo‘ldi. Rossiya TIV rasmiy vakili quydagi bayonot bilan chiqdi:
“Hamkorlar tizimsiz yondashuvni namoyish qilishmoqda. Biz Berlin va Paridan 2 kun oldin qandaydir uchrashuv haqida eshitgan edik, lekin “Yettilik” emas. Undan so‘ng esa Tokio tomonidan “Yettilik” ishtirokidagi uchrashuv haqida e’lon qilindi. “Yettilik” uchrashuvi haqidagi xabarlarda Rossiya goh bor goh yo‘q. Ushbu vaziyat hamkorlarimiz o‘zlaridan va atrofdagi dunyodan nima xoxlashini tushununmayotganliklaridan darak beradi”.
Muammo Rossiya G‘arb bilan Afg‘oniston masalasini muhokama qilishni istamasligida emas, - balkim ushbu muhokama qanday formatda o‘tkazilishida. Gap qandaydir rasmiy protokol haqida ham emas. Bizni, G‘arb klubiga maslahat uchun taklif qilishgani ma’qul kelmaydi. Bir hafta oldin Turkiya vaziri Mevlyud Chavushoglu ana shunday maslahatda ishtirok etgan edi, chunki Turkiya NATO a’zosi. Lekin Moskva va Pekinni bunday uchrashuvlarga taklif qilish – nafaqat foydasiz, balkim haqoratli ham.
Boyeviki Talibana* v provinsii Lagman, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2021
“Al-Qoida”* toliblarga qo‘shildi - Afg‘oniston qarshilik fronti
Shu sababli ham ular bu uchrashuvni boshqa narsaga o‘xshatmoqchi bo‘lishdi. Ya’ni Berlin va Parijdan Moskvani Afg‘oniston borsida ko‘p tomonli maslahatlar bo‘lib o‘tishi haqida ogohlantirishdi va dastlabki rozilikni olishdi. Shundan so‘ng esa uchrashuvning real formati haqida Yaponiya vaziri ochiq e’lon qildi.
Xo‘sh endi nima bo‘ladi? Vaziyat ikki yo‘nalishda rivojlanishi mumkin - “Katta yettilik” va boshqa davlatlar Rossiya va Xitoy ishtirokisiz jamlanadi. Ular orasida Pokiston, Turkis, Saudiya Arabistoni, Qatar va Hindiston bo‘lishi mumkin. Xo‘sh unda Afg‘oniston mavzusi qaysi nuqtayi nazardan muhokama qilinadi?
Balkim Jozep Borrel aytganday “YeI Rossiya va Xitoyga Afg‘onistonda vaziyatni o‘z qo‘liga olishga va Qobulning sponsoriga aylanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak. Biz harakat qilishimiz kerak” qabilidi ish tutilar.
Lekin Borrel shuningdek “Yevropa Afg‘onistonga ta’sir o‘tkazish imkoniga ega bo‘lgan muhim halqaro hamkorlar - bilan ishlashi kerak. Turkiya, Xitoy va Rossiya Afg‘onistonda o‘z ta’sirini oshirish uchun yangi imkoniyatlarni qo‘lga kiritdi. Eron, Pokiston va Hindiston ham hududda kuchli ta’sirga ega” degan edi. Ya’ni amerikaliklar ketganidan so‘ng Yevropa Afg‘onistonda G‘arb manfaatlarini himoya qilmoqchi. Bunda u Afg‘oniston qo‘shnilari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. Ularning bu istagini tushunsa bo‘ladi, yaqinda bosqinchi davlatlar orasida bo‘lgan YeI u yerda mustaqil hech narsa qila olmaydi, chunki Tolibon* ularni hali uzoq vaqtgacha yaqin o‘tmishdagi tajovuzkor sifatida qabul qiladi.
Lekin Afg‘oniston muammosini Rossiya va Xitoy ishtirokisiz muhokama qilib, G‘arb Moskva va Pekinni baribir o‘ziga qarshi qilib qo‘yadi. Muhokamaning asosiy mavzusi ushbu ikki davlatning Afg‘onistondagi ta’sirini kamaytirishga qaratilmaganiga ko‘ndirishi oson bo‘lmaydi. Bu esa Moskva va Pekinni “jilovlab turish” siyosatining yana bir ko‘rinishidir xolos. Bugungi krizisga esa ularning o‘zi aybdor.
Shuning uchun ham global muhokamani samarali o‘tkazishning eng yaxshi uslubi – “Katta yettilik va unig mehmonlari” formatidan to‘liq voz kechishdir. Bunga “Katta yigirmatalik” shaklidagi anjuman ko‘proq mos keladi. Italiya bosh vaziri Mario Dragi ham aynan shuni taklif qilmoqda. Ayni damda kerakli davlatlar bilan ushbu uchrashuv borasida muzokaralar o‘tkazilmoqda. Uchrshuv 27-sentabrdan keyin, BMT Bosh Assambleyasi tugaganidan so‘ng o‘tkazilishi mumkin.
Teleekran na kotorom vidni lideri stran G20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 28.03.2020
Mushketorlar qonuni bo‘yicha: "Katta yigirmatalik" nega to‘plandi?
“Katta yigirmatalik” ko‘p tomonli maslahatlar uchun ideal maydon deyish mumkin. Chunki uning tarkibiga nafaqat “Katta Yettilik” balkim Xitoy, Rossiya, Hindiston, Turkiya va Saudiya Arabistoni ham kiradi. Pokiston, Eron va Qatarni qo‘shimcha ravishda taklif qilish mumkin. Eron ishtirokisiz Afg‘onistonni umuman muhokama qilib bo‘lmaydi. “Katta Yettilik” majlisiga esa Eron bormaydi. (Vashington uni taklif ham qilmaydi).
Rossiya aynan “Katta yigirmatalik” asosiy xalqaro format ekani haqida bir necha bor aytib o‘tgandi. Afg‘oniston mavzusi esa – ushbu klubni yanada kuchaytirish uchun juda yaxshi sabab bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, dastlab jahon iqtisodi muammolarini muhokama qilish uchun tashkil qilingan ushbu klub, allaqachon dunyoning eng muhim sammitiga aylangan. “Katta yigirmatalikning” navbatdagi sammiti oktabr oyning oxirida Rimda bo‘lib o‘tishi kerak. Shu sababli favqulodda sammit chaqirishga hojat ham bo‘lmasa kerak.
Sammit o‘tkazish formati bo‘yicha hozircha aniqlik kiritilmadi. Ya’ni uning oflayn yoki onlayn ko‘rinishda bo‘lishi noma’lum. Dunyo rahbarlari mana ikki yildan buyon yuzma-yuz ko‘rishmaganini hisobga olganda, bunday uchrashuv barchaga kerakligini tushunish mumkin. Lekin Yevropada pandemiyaning yangi to‘lqini avj olgan taqdirda uchrashuv yana videoaloqa orqali o‘tishi aniq.
Jahon miqyosida, G‘arb va Sharq o‘rtasida maslahat o‘tkazishning yana bir shakli bor. Aniqrog‘i G‘arb va Sharq orasida muzokaralar formati: Katta yettilik va ShHTning qo‘shma majlisi. Dastlab TIV rahbarlari keyin esa davlat rahbarlari darajasida ham o‘tkazish mumkin. Ha, Shanxay tashkiloti aynan Afg‘oniston masalasi milliy xavfsizlik masalasi bo‘lgan barcha davlatlarni birlashtiradi – Rossiya, Xitoy, Pokiston, Markaziy Osiyo davlatlari, Hindiston. Eron ham yaqinda kuzatuvchi maqomidan doimiy a’zoga aylanadi.
Xullas, ushbu hududda faqat Afg‘oniston kuzatuvchi bo‘lib qolmoqda xolos. Bu ham uning yaqin vaqtga qadar Amerika okkupatsiyasi ostida bo‘lgani tufayli. Rossiya va Xitoy birovning vassalini tashkilotda ko‘rishni istamagan edi.
Ha aytmoqchi, ShHTning eng yaqin sammiti 10 kundan so‘ng Dushanbeda bo‘lib o‘tadi. Shunday ekan Sharq va G‘arb muzokara va maslahatlar olib borish uchun katta imkoniyatga ega. Asosiysi, ularni tayyorlash va o‘tkazishda G‘arb xo‘jayin roliga talabgor bo‘lmasa bas. Klubga ham kazinoga ham xo‘jayin kerak emas. Chunki bir tomonlama o‘yin va atlantik dunyo allaqachon tugagan va protokol rasmiyatchiliklari dunyoning asosiy yetakchi davlatlarining real maqomini aks ettirishi kerak. Allakimning o‘zi haqidaga fikrlarini emas
Yangiliklar lentasi
0