Dunyoda

Hindiston aholisida oʻlimga olib keluvchi - nipah virusi aniqlanmoqda

CC0 / Unsplash / Todd Cravens / Letuchaya mыsh
Letuchaya mыsh - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Hindistonda aholida oʻlimga olib keluvchi nipah virusining alomatlari aniqlandi.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Hindiston aholisi oʻrtasida nipah (NiV) virusining alomatlari aniqlandi, deb xabar beradi NDTV.
Viloyat sogʻliqni saqlash vaziri Vina Jorjning soʻzlariga koʻra, oʻlimga olib keluvchi virus belgilari Hindistonning Kerala shtatida birdaniga 11 kishida aniqlandi.
Qayd etilishicha, Keralada nipah virusiga chalingan 12 yoshli bola vafot etdi.
Bu voqeadan soʻng, shtat shifokorlari bola bilan muloqot qilgan kishilarni tekshirishni boshladilar. Hozirda Kojikode tibbiyot kolleji va shifoxonasida 38 kishi karantinga olindi.
Indiytsы molyatsya posle naneseniya na telo korovyego navoza dlya podnyatiya immuniteta i zaщitы ot koronavirusa - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 31.05.2021
Dunyoda
“Bemorning koʻzi olib tashlandi”: Hindistondan soʻng Misr ham “qora mogʻor” hujumiga uchradi
Ulardan 11 nafari virus sabab boʻlgan kasallikning alomatlari kuzatilmoqda. Shu bilan birga, barcha bemorlarning ahvoli barqaror deb baholanmoqda.
Hindiston SSV epidemiologik nazoratni kuchaytirish haqida koʻrsatma berdi.
Nipah virusi mevaxoʻr koʻrshapalar orqali tarqalishi maʼlum. Virus hayvonlarning soʻlagi tekkan mevalarni isteʼmol qilgan odamlarga yuqadi.
Nipax virusi Butunjahon sogʻliqni saqlash tashkiloti tomonidan eng xavfli viruslardan biri sifatida eʼtirof etilgan. U odamlarga hayvonlardan oʻtadi, shuningdek, kasal odamdan boshqalarga ham yuqadi.
Unga qarshi dori ham, vaktsina ham yoʻq, virus keltirib chiqaradigan kasallikdan oʻlim darajasi 40-75% oraligʻida.
Avvalroq, Hindiston hukumati kasallik toʻrtta tarqalishi haqida xabar bergandi. Ular 2001, 2007, 2018 va 2019 yillarda Hindiston ikki shtatida kuzatilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala