Migratsiya

IIV necha kishiga Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyganini maʼlum qildi

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Fotobankka oʻtishPolitseyskiy reyd
Politseyskiy reyd - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Rossiya IIV Migratsiya boʻlimi 2021 yilning yanvar – iyul oylarida 115 mingta ana shunday qaror qabul qilingan.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiya Ichki ishlar vazirligi Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilgan xorijiy fuqarolar sonini maʼlum qildi.
"2021 yilning 7 oyida, Rossiya IIV Migratsiya boʻlinmalari materiallari asosida, 115 mingga yaqin kirishni taʼqiqlash toʻgʻrisida qarorlar qabul qilindi”, - deyilgan IIVning RIA Novostiga bergan maʼlumotida.
Ushbu qarorlarning 40 mingtasi xorijiy fuqarolar tomonidan koʻp marotaba sodir etilgan maʼmuriy qonunbuzarliklar tufayli qabul qilingan.
Yana 20 mingtasi xorijiy fuqarolar Rossiya hududida oldingi marotaba boʻlgan vaqtida qonunda belgilangan muddatni buzgani tufayli qabul qilingan.
Eslatib oʻtamiz, biroz oldin Rossiya IIV ayni damda mamlakatda 700 mingga yaqin noqonuniy mehnat migrantlari borligini maʼlum qilgan edi.
Shuningdek, soʻnggi oylar davomida mehnat migrantlari orasida sodir boʻlayotgan ommaviy mushtlashuvlar oqibatida ham bir necha yuzlab xorijiy fuqarolar deportatsiya qilingan va Rossiyaga kirishga taʼqiq qoʻyilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader