Dunyoda

Islohotlar va global siyosat haqida. Erdoʻgʻon kitob yozdi

© AP Photo/Petros KaradjiasPrezident Turtsii Redjep Erdogan
Prezident Turtsii Redjep Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Hozircha kitobni faqat Turkiyada sotib olish mumkin. Ammo u bir nechta xorijiy tillarga oʻgirilgan: ingliz, arab, nemis, frantsuz, rus va ispan tillariga. Kitob nima haqdaligini uning nomidan anglash mumkin
Oleg Obuxov, Sputnik radiosi sharhlovchisi
Adolatli dunyo tuzilmasini yaratish mumkinmi? Turkiya prezidenti Toyyib Erdoʻgʻon dunyo qurilishi istiqbollari haqida oʻz fikr-mulohazalari bilan oʻrtoqlashdi. Shu kunlarda savdo rastalarida Erdoʻgʻon qalamiga mansub: "Yanada adolatli dunyoni barpo etsa boʻladi", deb nomlangan kitob paydo boʻldi.
Turk yetakchisining fikricha, global siyosatda fundamental muammolar koʻzga tashlanib qolgan bir vaqtda - xotirjam boʻlish yaramaydi. Erdoʻgʻon fikricha, jahon migratsiyaviy inqirozlar, xalqaro terrorizm, irqchilik va ikkitalik standartlardan charchadi.
Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 18.05.2018
Dunyoda
BMT jahondagi muammolarni hal qila olmaydi, dedi Erdoʻgʻon
Bu esa, amaldagi xalqaro institutlar mavjud chaqiriqlarni yenga olmayotgani va koʻpdan-koʻp hollarda eskirib qolgan talablarga tayangan holda besamar harakat qilayotganini tasdiqlaydi. Bundan kelib chiqadiki, dunyo muammolari va ularning oqibatlari toʻplanib qolmasligi, balki yanada tez va samarali yechim topishi uchun ushbu xalqaro institutlar isloh qilinishi zarur.
Xususan, bu BMTga ham taalluqli, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti. Erdoʻgʻonning fikricha, BMT islohoti "Dunyo beshdan (BMT Xavfsizlik kengashining doimiy aʼzolaridan) koʻp" degan tezis asosida yuz berishi kerak.
Anqara, deya alohida urgʻulaydi Erdoʻgʻon, hamisha "kuch - kuchliroq boʻlgan tomonda emas, kuch - haq boʻlgan tomonda boʻladigan tizimni oʻrnatishga harakat qiladi". Turk yetakchisi shuningdek, adolat oʻrnatishda ikkitalik standartlardan voz kechishga chaqirgan. Uning fikricha, bolalar halok boʻlayotgan bir vaqtda aybsizlar boʻlishi mumkin emas.
Prezident Turtsii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 16.12.2019
Siyosat
Erdogʻan AQShga poʻpisa qildi
Zamonaviy dunyo rahmdillik, adolat va ezgulikka ishonch singari bosh qadriyatlarga tayanishi lozim, deydi ishonch bilan Erdoʻgʻon. Hozirgi zamon siyosatchilari esa dunyo tartiboti kafillariga aylanib, dunyoni asrashga hissa qoʻshishlari shart.
Shubhasizki, siyosatshunoslar baholari boʻyicha, Erdoʻgʻon qalamiga mansub kitobning paydo boʻlishi - shov-shuvli voqea. Ularning fikricha, kitobni oʻqib chiqqach, Turkiya prezidentining aytadigan gaplari allaqachon toʻplanib qolgan, degan taassurot uygʻonadi.
Shu oʻrinda, Turkiyani Yevropa ittifoqiga qabul qilish boʻyicha berilgan vaʼdalar, soʻngra bu voqeaning choʻzilgani, orada esa suriyalik qochqinlar borasida yordam berish kabi iltimoslar paydo boʻlganini eslashning oʻzi kifoya… Anqara, bunday iltimoslarni bajarar ekan, Bryussel ana-mana unga bularni evaziga YEIga aʼzolik bilan "minnatdor boʻlishini" kutib yashadi, iltimoslarni rad etmadi. Ammo bularning barchasiga javoban Turkiya "quruq rahmat" oldi, xolos.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader