Jamiyat

Kimlarga piyoz yeyish mumkin emas?

© Sputnik / Vladimir Perventsev / Fotobankka oʻtishLuk repchatыy.
Luk repchatыy. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Kanada parhezshunoslar uyushmasi aʼzosi Natalya Nefedova kimlarga piyoz yeyish foydali ekanligi va qanday kasalliklarda ehtiyotlik bilan yeyish kerakligi haqida fikrlari aytdi.
TOSHKENT, 7 sen — Sputnik. Piyoz foydasi va kimlar esa u bilan ehtiyot boʻlishi kerakligi haqida shifokor-parhezshunos, nutritsiolog, Kanada parhezshunoslar uyushmasi aʼzosi Natalya Nefedova Sputnik radiosiga bergan intervyusida tushuntirib berdi.
Uning soʻzlariga koʻra, piyoz tarkibida vitamin va minerallar, tolalar va koʻplab fitomoddalar bor. Noyob kimyoviy tarkibi tufayli piyoz organizmdagi yalligʻlanish jarayonlarini oldini oladi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Bundan tashqari, u ayrim kasalliklarga chalingan odamlar uchun foydalidir, deb qoʻshimcha qildi parhezshunos.
Luk na rыnke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.05.2020
Dunyoda
Xitoylik qiz sobiq yigitidan bir tonna piyoz yuborib oʻch oldi
"Vitamin va minerallar masalan, S va B vitaminlari borligi bilan bir qatorda, shuningdek, klechatka, koʻplab fitomoddalar, shu jumladan antioksidant sifatida ishlaydigan flavonoidlar bor - ular organizmdagi yalligʻlanish jarayonlarini kamaytiradi, bostiradi. Bu yurak-qon tomir kasalliklari, qandli diabet, onkologiya boʻlishi mumkin. Shuningdek, piyoz immunitetga ijobiy taʼsir koʻrsatadi", - deydi Nefedova.
Piyoz taʼmi tuz isteʼmolini kamaytirishga ham yordam beradi, dedi u.
Biroq, piyozni dori kabi faqat kasal boʻlganlar yeyishi shart, deb oʻylamaslik kerak. Bu sabzavotni profilaktika uchun muntazam ravishda isteʼmol qilish yaxshiroq boʻladi, deydi parhezshunos.
Baʼzi odamlarda ehtiyotlik bilan piyoz isteʼmol qilishi kerak.
"Ichak sindromi, gastrit yoki zarda bezovta qilsa ehtiyot boʻlish kerak", - dedi Nefedova.
Piyoz chirimasligi va foydali xususiyatlarini yoʻqotmasligi uchun uni salqin sharoitda saqlash kerak, deb xulosa qildi u.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala