Jamiyat

Markaziy Osiyo uchun boʻlajak pedagogik xab: Toshkentda Gertsen universiteti filiali ish boshladi

© SputnikOtkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Filial uchun birinchi oʻquv yilida 405 talaba oʻqishga qabul qilingan. Ular sakkizta yoʻnalish boʻyicha mutaxassis boʻlib yetishadi.
TOSHKENT, 7 sen – Sputnik. Anna Jelixovskaya. A.I.Gertsen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universitetining (RDPU) Toshkent shahridagi filiali ilk talabalarini qabul qildi. Boʻlajak pedagoglarni oʻquv yili boshlanishi bilan Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov, A.I.Gertsen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh, RF prezidenti administratsiyasi vakili Aleksey Vlasov, RF Taʼlim vazirligining vakli Andrey Efremov hamda Oʻzbekiston maktabgacha taʼlim vaziri Agrippina Shin tabriklashdi.
© SputnikPochetnыe gosti na otkrыtii filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Pochetnыe gosti na otkrыtii filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Pochetnыe gosti na otkrыtii filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Gertsen universitetining taʼlim darajasi va sifati, ilmiy maktablari va olimlarining mahorati xalqaro eʼtirofga sazovor boʻlgan. Joriy yil iyunida dunyoning eng yaxshi universitetlari QS World University Rankings (QS) yillik reytingi chop qilindi, unga ilk bor A.I.Gertsen nomidagi RDPU kiritildi.
© SputnikOtkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Rossiya pedagogika OTMlari orasidagi umumiy reytingda RDPU yetakligicha qolmoqda.
"Oʻzbekistonda Rossiya OTMlarining 15 filiali faoliyat yuritmoqda, yana uchta taʼlim muassasalarini ochish rejalashtirilmoqda. Bunda respublika prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xizmatlari katta. Kuni kecha u mamlakat mustaqilligining 30 yilligiga bagʻishlangan nutqida Oʻzbekiston kelajagi oliy maʼlumotli, kelajakka ishonadigan va koʻradigan mutaxassislarni tayyorlashda ekanini taʼkidladi. Koʻrib turibmizki, soʻzlar amalda ijro etilyapti. Rossiya Federatsiyasi Oʻzbekiston hukumatini yosh avlod savodli, oʻqimishli va atrofda nimalar roʻy berayotganini tushunuvchi boʻlib oʻsishida hamisha qoʻllab-quvvatlaydi", - dedi Rossiyaning Oʻzbekistondagi elchisi Oleg Malginov.
Rossiyalik diplomatning soʻzlariga koʻra, rus tili ulkan madaniyalar xazinasining kalitidir. Malginov ikki xalqni koʻp narsa, xususan, ilmiy soha, birlashtirishi taʼkidladi. Axir rus tili olgʻa yurish, yangi bilim, koʻnikma va kompetentsiya olish imkoniyatini beradi. Bu RF va Oʻzbekiston oʻrtasidagi ikki tomonlama munosabatlar rivojlanishining muhim koʻrsatgichidir. Oliygohlar ochilishi bu munosabatlarni yanada mustahkamlaydi.
“Yaqin kunlarda Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi kutilmoqda. Buning doirasida ikki tomonlama munosabatlarning olgʻa qarab rivojlanishining yangi dasturi belgilab olinadi. Shuningdek, bu oliy taʼlimni rivojlantirish, rus tilini qoʻllab-quvvatlash, mutaxassislar oʻrtasidagi aloqalarni rivojlantirishga taalluqli boʻladi”, - dedi elchi.
A.I.Gertsen nomidagi RDPU rektori vazifasini bajaruvchi Vasiliy Rabosh mustaqil davlatlar hududida ilmiy-taʼlim maydonini yaratish mamlakatlarning zamonning qiyin vazifalarini hal etishda hamjihatlik va muvofiqligini mustahkamlashga koʻmaklashishini qayd etdi.
“A.I.Gertsen nomidagi RDPU Yevroosiyo hududida xab yaratishda koʻmaklashishga va Oʻzbekiston Respublikasi uchun pedagogika kadrlarini tayyorlashda yordam berishga tayyor. Bugun nodir mutaxassislarni tayyorlashning poydevori qoʻyildi”, - dedi Rabosh.
Shuningdek, u magistratura dasturlarini kelasi yil joriy etish rejalashtirilganini qoʻshimcha qildi. Qolaversa, oliy toifali kadrlarni tayyorlash koʻzda tutilgan.
Filialda talabalar sakkizta yoʻnalish boʻyicha taʼlim olishadi. Maktabgacha taʼlim, inson va jamiyat psixologiyasi hamda rus tilini chet tili sifatida oʻqitish nazariyasi va metodikasi shudar jumlasidan.
Taʼlim beruvchi oʻqituvchilar asosiy rossiyalik mutaxassislar, biroq milliy kadrlar ham bor.
“Men A.I.Gertsen nomidagi RDPU bituruvchisiman. Mutaxassisligim iqtisodiyot yoʻnalishi boʻyicha oʻqituvchi. Bu oliygohni aʼlo baholar bilan bitirdim va hamisha oʻqituvchi boʻlishimni bilardim. Men u yerda aspiranturada oʻqiyotgan paytimda ishlashni boshladim. A.I.Gertsen nomidagi RDPUning Toshkentdagi filialida oʻqituvchi boʻlib ishlashni bilish hayajonli edi, axir biz shunday ahamiyatli OTMni boshqa mamlakatdagi vakillarimiz. Taʼlimning iqtisodiy asoslaridan dars beraman. Talabalardan birinchi navbatda bilimga intilishni kutib qolaman”, - deydi Gertsen nomidagi RDPU oʻqituvchisi Mariya Pertaya.
© SputnikOtkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Otkrыtiye filiala RGPU im. Gertsena v Tashkente
Filologiya fanlari nomzodi, rus tili chet tili sifatida va uni oʻqitish metodikasi kafedrasi dotsenti Yekaterina Ardatova ikkinchi marta Oʻzbekistonga kelmoqda. U 30 yildan ziyod tajriba ega.
“Men dunyoning turli burchaklaridan boʻlgan turli odamlar, turli yoshdagilar bilan ishladim. Bu tajriba Oʻzbekistonda ham naf berishini juda xohlardim. Metodist sifatida men joriy yil bahorida “Zoʻr!” loyihasi doirasida Jizzax shahrida boʻlgandim. U yerda mahalliy oʻqituvchilardan test olib, shunday muammoni aniqladik: keksa pedagoglar rus tilini ozod biladi va juda yaxshi natijalar koʻrsatadi. Biroq yoshlar bilan ayrim muammolar bor. Biz bu qiyinchiliklarni bartaraf etish uchun bor kuchimizni sarflaymiz. Men bu loyihaga boʻlgan ijobiy munosabatni koʻrdim, shu bois oʻqituvchi sifatida ishni bu yerda davom ettirishni xohladim”, - deydi pedagog.
Yekaterina Ardatovaning fikricha, rus tili Oʻzbekistonda chet tili boʻlib bormoqda, shuning uchun oʻqitishning yangi metodikasi lozim. Uning kafedrasi aynan shu ustida ish olib bormoqda.
© SputnikPervыe studentы filiala RPGU im. Gertsena v Tashkente
Pervыe studentы filiala RPGU im. Gertsena v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
Pervыe studentы filiala RPGU im. Gertsena v Tashkente
2021-2022 yilgi oʻquv yilida 405 nafar talabani qabul qilish uchun kvota ajratilgan. Ulardan 81 nafari davlat byudjeti, 324 nafari esa pulli-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader