Iqtisod

OTB Oʻzbekistonda xususiy sektor rivojlanishini qoʻllab-quvvatlashda davom etadi

© AFP / TED ALJIBEAziatskiy bank razvitiya (ABR)
Aziatskiy bank razvitiya (ABR) - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.09.2021
OTB rasmiy vakilining fikricha, Oʻzbekiston hukumati soʻnggi bir necha yil ichida, xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq qiyinchiliklarga qaramay, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan.
TOSHKENT, 7 sen - Sputnik. Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) Xususiy sektor operatsiyalari va davlat-xususiy sheriklik boʻyicha vitse-prezidenti Ashok Lavasa Toshkentga tashrifi davomida OTB Oʻzbekistonning islohotlar dasturini va xususiy sektorni mustahkamlash buyicha saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqladi.
Lavasa Bosh vazir oʻrinbosari, Investitsiyalar va tashqi savdo vaziri va OTB boshqaruvchisi Sardor Umurzakov, Bosh vazir oʻrinbosari va Iqtisodiy rivojlanish va qashshoqlikni qisqartirish vaziri Jamshid Kuchkarov va davlat va xususiy sektor vakillari boʻlmish boshqa hamkorlar bilan OTBning mamlakatdagi faoliyatini muhokama qilish uchun uchrashgani aytilmoqda.
Stroitelstvo gidroelektrostantsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.09.2020
Iqtisod
"Oʻzbekgidroenergo" OTB bilan uchta GES qurishga kelishdi
Lavasaning fikricha, Oʻzbekiston hukumati soʻnggi bir necha yil ichida, xususan, COVID-19 pandemiyasi bilan bogʻliq qiyinchiliklarga qaramay, davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgan.
"OTB siyosat boʻyicha maslahatlar, salohiyatni oshirish, istiqbolli davlat-xususiy sheriklik loyihalarini tayyorlashda bitimlar boʻyicha maslahat yordami, hukumatga qarz berish va xususiy sektorning asosiy subʼyektlarini toʻgʻridan-toʻgʻri moliyalashtirish orqali Oʻzbekistonni har tomonlama va kompleks qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini tasdiqlaydi. Kuchli xususiy sektor uchun qulay muhit yaratish va xususiy sektorning resurslari, tajribasi va innovatsiyalarini jalb etish barqaror rivojlanish uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega”, - deya taʼkidladi u.
Linii elektroperedachi v uщelye Chыchkan v Kirgizii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 22.10.2020
Iqtisod
OTB Oʻzbekistondan Afgʻonistonga elektr uzatish liniyasini qurishni moliyalashtiradi
Kuchkarov bilan birga boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida Lavasa hukumatning davlat-xususiy sheriklikni tayyorlash borasidagi yutuqlarini ijobiy baholadi va OTB qoʻllab-quvvatlashni davom ettirishini taʼkidladi.
Ular makroiqtisodiy barqarorlik, islohotlarning izchilligi va xususiy sektor ishonchini mustahkamlash uchun infratuzilma va institutlarni rivojlantirishning muhimligini muhokama qilishdi. Transport va kommunal xizmatlarni koʻrsatishda xususiy sektor potentsialga ega ekanligini taʼkidladilar.
Lavasa, shuningdek, Toshkent shahrida 3-4-sentyabr kunlari boʻlib oʻtgan ITBning yillik yigʻilishlari doirasida oʻtkazilgan "COVID-19dan keyingi davridagi DXSH sarmoyasi" davra suhbatida ishtirok etdi.
Oʻzbekiston OTBga 1995 yilda aʼzo bulgan. Oʻshandan beri OTB Oʻzbekiston uchun 10,1 milliard dollar miqdorida qarz, grant va texnik yordam ajratdi. Xususiy sektorning rivojlanishini qoʻllab-quvvatlash OTBning Oʻzbekiston bilan 2019-2023 yillar uchun hamkorlik strategiyasining asosiy strategik ustuvor yoʻnalishi boʻlib, u mamlakatni faol va inklyuziv bozor iqtisodiyotiga olib chiqishga qaratilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader