O‘zbekiston davlat qarzi qariyb 860 mln dollarga ko‘paydi

Dollari SShA - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Moliya vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, davlat qarzi qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 858,6 million dolllarga yoki 3,7 foizga oshgan.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. O‘zbekiston davlat qarzi 2021-yilning 1-iyul holatiga 24,2 milliard dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga (YaIM) nisbatan 38,5 foizni tashkil etdi. Bundan Moliya vazirligi hisobotidagi raqamlar darak bermoqda.
Davlat qarzi qoldig‘i joriy yil boshiga nisbatan 858,6 mln dollarga yoki 3,7 foizga oshgan.
Shundan, davlat tashqi qarzi qoldig‘i – 21,8 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 34,7 foizni;
Davlat ichki qarzi qoldig‘i – 2,4 milliard dollarni yoki YaIMga nisbatan 3,8 foizni tashkil etdi.
“Joriy yilning birinchi yarim yilligida davlat qarzi qoldig‘i 858,6 mln dollarga oshishi O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida investitsiya loyihalarini va davlat budjeti defitsitini moliyalashtirish uchun tashqi va ichki manbalardan jalb qilingan qarz mablag‘larining o‘zlashtirilishi, qarz majburiyatlari bo‘yicha asosiy qarzning so‘ndirilishi hamda davlat qarzi portfeli tarkibidagi valyuta kurslaridagi o‘zgarishlar bilan bog‘liq”, - deyilgan vazirlik xabarida.
Natijada, O‘zbekiston nomidan jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 363,4 million dollarga;
Davlat kafolati ostida jalb qilingan tashqi qarz qoldig‘i 319,1 million dollarga;
Davlat tomonidan kafolatlangan hamda davlat budjetidan qaytariladigan ichki majburiyatlar qoldig‘i $250,8 millionga oshdi.
O‘zbekiston nomidan 2,24 trillion so‘mlik davlat qimmatli qog‘ozlarini emissiya qilinishi hamda 3 trillion so‘m miqdoridagi DQQ so‘ndirilishi natijasida DQQ bo‘yicha qarzdorlik qoldig‘i 779,1 milliard so‘mga kamaydi.
davlat tashqi qarzi portfeli tarkibida 11,7 foizni tashkil qiluvchi valyuta – Yaponiya iyenasi 2021-yilning yanvar-iyun oylarida AQSh dollariga nisbatan 6,8 foizga qadrsizlandi.
Tashqi qarzning eng ko‘pi Osiyo taraqqiyot banki (5 mlrd dollar), Jahon banki (3,8 mlrd dollar) va Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligidan (2,2 mlrd dollar) olingan.
Yangiliklar lentasi
0