O‘zbekistonda innovatsion biotexnologik dori vositalari ishlab chiqarilishi mumkin

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishTeplovaya stansiya "Nekrasovka" v Moskve
Teplovaya stansiya Nekrasovka v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.09.2021
Obuna bo‘lish
Prezident biofarmatsevtik dori vositalarini o‘zlashtirish istiqbollarini muhokama qildi.
TOShKENT, 7 sen – Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev farmatsevtika tarmog‘ida amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi loyihalar taqdimoti bilan tanishdi.
Davlat rahbari matbuot xizmati xabariga ko‘ra, so‘nggi besh yilda 71 ta yangi korxona tashkil etilib, 2 ming 500 dan ortiq turdagi dori vositalari, 241 turdagi tibbiy buyumlar va 78 turdagi tibbiy texnika ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi qariyb 2 barobar oshdi.
Kelgusi besh yilda tarmoqda ishlab chiqarish hajmini 3 barobar oshirish, ichki bozorni ta’minlash darajasini natural hajmda 80 foizga yetkazish vazifasi qo‘yilgan. Shu maqsadda 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan istiqbolli loyihalar ishlab chiqilgan.
Kapsuli i tabletki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2020
O‘zbekiston xorijga dori-darmon eksportini qariyb 4 baravarga oshirdi
Taqdimotda ana shu loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Xususan, jami 1,25 milliard dollarlik 104 ta investitsiya loyihasi rejalashtirilgan. Ularning natijasida 376 million dollarlik import o‘rnini bosuvchi mahsulotlar tayyorlanib, 84 million dollarlik eksport quvvati yaratilishi hisob-kitob qilingan. Eng muhimi, 9 mingga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.
Davlat rahbari bu loyihalarning ijtimoiy va iqtisodiy ahamiyatini ta’kidlab, ularni jadallashtirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
Taqdimotda mahalliy dorivor o‘simliklarni yetishtirish va qayta ishlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Prezident mamlakatdagi dorivor o‘simliklarni chuqur qayta ishlash orqali eksportni 15 mln dollarga yetkazish va 5 mingdan ortiq aholini ish bilan ta’minlash mumkinligini ta’kidlagan. Mutasaddilarga shu yo‘nalishdagi klasterlar faoliyatini yo‘lga qo‘yib, ishlab chiqarishni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan.
Taqdimotda biofarmatsevtik dori vositalarini o‘zlashtirish istiqbollari ham muhokama qilingan.
O‘zbekistondagi korxonalarda 3 mingdan ortiq nomdagi dori vositalari ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa-da, ular asosan bir komponentli, murakkab bo‘lmagan dori vositalaridir. Shu bois prezident onkologik, gormonal, qon preparatlari, vaksinalar kabi innovatsion biotexnologik dori vositalari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Bundan tashqari, sog‘liqni saqlash tizimi davlat xaridlari orqali mahalliy farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, xalqaro standartlar asosida tayyorlanayotgan mahsulotlarni sertifikatsiyalashni soddalashtirish muhimligi ta’kidlandi.
Yangiliklar lentasi
0